Meksikada köprikka osilgan 4 ta boşsiz jasad topildi

Meksikada köprikka osilgan 4 ta boşsiz jasad topildi

Joriy yilning 30 iyun kuni Meksikada narkokartellar örtasidagi qonli töqnaşuvlar tufayli 20 kişi öldirilgan. Ularning törttasi boşsiz holda köprikka osilgan holda topilgan. Bu haqda “New York Post” naşri xabar berdi.

Sinaloa ştati prokuraturasining maʼlumotiga köra, ularning barçasi öqdan halok bölgan.

“Beşta jasad boşsiz edi, şulardan törttasi Sinaloa ştatining eng yirik şahri Kulyakanning yaqinidagi avtomobil yölidagi köprikka oyoğidan osib qöyilgan. Yana 15 jasad, jumladan, beşinçi boşsiz jasad, köprikdan unça uzoq bölmagan furgon içidan topilgan. Rasmiylar yaqin atrofda odamlarning kallalari solingan plastik xalta ham aniqlanganini aytişdi”, deyiladi xabarda.

Öşa yerdagi furgon ustiga Sinaloada bir-biriga duşman narkokartellar örtasidagi uruşlarga işora qiluvçi banner yopiştirilgan bölgan. Halok bölganlar orasida yoş yigit va ikki ayol ham bor.

Sönggi paytlarda kuçaygan zöravonlik uçun “Los Çapitos” va “La Mayiza” deb ataluvçi kartellar örtasidagi kuraşlar sabab sifatida körsatilmoqda. Xavfsizlik manbalarining taʼkidlaşiça, ular Sinaloadagi strategik giyohvand modda savdosi yönalişlari uçun jang qilmoqda.

Bu ikki guruh örtasida qonli töqnaşuvlar ötgan yili sentyabr oyida boşlangan. Mojaroga “El Çapo” nomi bilan tanilgan maşhur giyohvand baroni Xoakin Guzmanning öğli tomonidan duşman liderlardan birining öğirlab ketilişi va keyin AQŞga topşirilişi sabab bölgan.

Şundan beri ilgari nisbatan tinç bölgan Kulyakan şahri doimiy zöravonlik maydoniga aylangan. Sinaloa karteli hududdagi nazoratni yöqotmoqda. Biroq Meksika rasmiylari vaziyat nazorat ostida ekanini va uyuşgan jinoyatçilikka qarşi çora körilayotganini aytmoqda.

“Harbiy va politsiya kuçlari Sinaloada töliq tinçlikni tiklaş uçun birgalikda işlamoqda”, deydi mahalliy hukumat vakili Felisiano Kastro.


×