Qirğizistonning Nookat tumani Kök-Bel qişloğida yaşovçi 20 yoşli qizning jasadi çorva molxonasidan osilgan holda topildi. Bu haqda “Kaktus Media” xabar berdi.
Maʼlum qilinişiça, voqea haqida 2026 yil 20 fevral kuni 112 xizmati orqali Nookat tumani içki işlar bölimiga xabar kelib tuşgan. Şundan söng, hodisa yuzasidan suriştiruv işlari boşlangan hamda sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Marhumaning qarindoşlari esa rasmiy ravişda ilgari surilayotgan öz joniga qasd qiliş taxminiga işonmayotganini bildirmoqda. Ularning aytişiça, qiz bir yil avval turmuşga çiqqan va turmuş örtoği tomonidan muntazam ravişda kaltaklanayotganidan şikoyat qilib kelgan. Qarindoşlari uning tanasida, xususan orqa va buyrak sohasida gematomalar bölganini daʼvo qilgan.
Şuningdek, yaqinlarining sözlariga köra, qiz fojiadan biroz oldin homilador ekanini maʼlum qilgan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarda esa u ölimidan oldin onasiga eri tomonidan doimiy kaltaklanayotgani haqida yozib, uni olib ketişini söragani aytiladi. Ona xabarni olganidan taxminan uç soat ötib qizining uyiga borganida, u yerda odamlar töplanganini körgan va qizining vafoti haqida eşitgan.
Ayni vaqtda holat yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda.









