Telefon va kompyuterlarning miyaga salbiy taʼsiri aniqlandi

Telefon va kompyuterlarning miyaga salbiy taʼsiri aniqlandi

Smartfon va kompyuterlardan haddan ortiq foydalaniş miya çarçoği va depressiyaga olib keladi. Yaponiyalik olimlar tadqiqotlardan söng şunday xulosaga kelgan.

«Okumura» xotira klinikasi direktori Ayumi Okumuraning taʼkidlaşiça, oxirgi vaqtlarda xotirasiga zarar yetgan odamlar soni köpaygan. Klinikaga asosan 30 yoşdan 60 yoşgaça bölgan bemorlar murojaat qilmoqda.

Şifokor bu holatni odamlar telefon va kompyuterlardan faol foydalana boşlagani bilan izohladi. Haddan ortiq maʼlumot olinişi natijasida miya çarçaydi. «Odam miyasi bu qadar köp maʼlumotni qayta işlay olmasligi natijasida «axlat qutisi»ga aylanadi», — deydi Okumura.

Olimlar ovqatlaniş vaqtida, işda va televizor köriş asnosida telefondan foydalanmaslikni maslahat berişdi. Şuningdek köproq uxlaş kerak, çunki uyqu vaqtida miya dam oladi va tiklanadi.

×