Xitoy blekaut keltirib çiqaradigan qurol yasadi

Xitoy blekaut keltirib çiqaradigan qurol yasadi

Xitoy 10 ming kvadrat metr maydondagi energiya taʼminoti tizimlarini işdan çiqarişga qodir qurol işlab çiqdi. Bu elektr stantsiyalari va yuqori kuçlanişli elektr uzatiş liniyalarini işdan çiqarişga qodir yangi turdagi grafit bombasi bölişi mumkin. Bu haqda Xitoy markaziy televideniyesiga tayanib, “The South China Morning Post” naşri xabar berdi.

Maʼlumotlarga köra, bomba yer usti transport vositasi yordamida uçiriladi. U havoda portlaşdan avval 90 dona tsilindrsimon kiçik qurollarni (subbölinmalarni) taşlab yuboradi. Ular portlagaç, havo böşliğida elektr tokini ötkazuvçi ingiçka uglerod tolalari hosil qiladi va bu tolalar yuqori kuçlanişli tarmoqlarda qisqa tutaşuv çaqirib, butun tizimni işdan çiqaradi.

Uşbu qurolning zarba kuçi masofasi 290 kilometrga baholanmoqda, jangovar qismning oğirligi esa 490 kilogrammni taşkil etadi. Qurolning töliq texnik xususiyatlari oşkor etilmagan. Xitoy ilgariroq zamonaviy uruş usullariga moslaşiş va kelajak uruşlarida ğalaba qozona oliş salohiyatini isbotlaşga vaʼda bergan.

Ayrim texnologiyalar masalan, sunʼiy intellekt boşqaruvidagi dronlar va giperyoruğlik qurollari joriy yilning 3 sentyabr kuni Pekinda bölib ötadigan, Ikkinçi jahon uruşidagi ğalabaning 80 yilligiga bağişlangan paradda namoyiş qilinadi. Tadbirda kiberqöşinlar va radioelektron kuraş kuçlari ham iştirok etadi.

Qayd etiş joiz, joriy yil aprel oyida Xitoy magniy gidrid asosida yadrosiz vodorod bombasini muvaffaqiyatli sinovdan ötkazgandi. Portlaş vaqtida ikki kilogrammli qurilma 1000 darajadan yuqori haroratga ega olovli şar hosil qiladi. Bu şar trotil portlaşiga qaraganda 15 barobar uzoqroq vaqt davomida saqlanib turadi. Bomba mualliflarining bildirişiça, undagi moddalarning özaro kombinatsiyasi portlaş kuçini aniq sozlaş va katta hududdagi nişonlarni teng zararlaş imkonini beradi.

2024 yil noyabr oyida esa Xitoy elektromagnit tölqinlarni sinxronlaştirib, aniq yönaltirişga qodir energetik qurol işlab çiqqanini eʼlon qilgan. Bu tizimni “Yulduzlar jangi” filmidagi “Ölim yulduzi” bilan taqqoslaşgan. Uşbu tizim sunʼiy yöldoşlar, xususan, GPS signalini tösişga qodir bölib, faqat harbiy emas, balki ilmiy tadqiqotlar uçun ham işlatilişi mumkinligi aytilgan.

Grafit bombalari AQŞda ham mavjud. Masalan, BLU-114/B snaryadi – tok ötkazuvçi uglerod asosidagi kompozit materialdan tayyorlangan tolali bombadir. AQŞ bu bombalarni birinçi marta 1991 yilda Iroqqa qarşi uruşda qöllab, mamlakatni elektr energiyasining 85 foizidan mahrum qilgan. 1999 yilda esa ular Yugoslaviya uruşida qöllandi. Oqibatda mamlakat hududining 70 foizi elektrsiz qolgan.

Janubiy Koreya ham Şimoliy Koreya bilan ehtimoliy uruş holatida foydalaniş uçun grafit bombalari işlab çiqilayotganini bildirgan. Bu qurol Mudofaa taraqqiyot agentligi tomonidan tayyorlangan bölib, oldindan zarba beriş dasturi doirasidagi elementlardan biridir.


×