Şavkat Mirziyoyev blekaut sabablarini aytdi

Şavkat Mirziyoyev blekaut sabablarini aytdi

Özbekistonda joriy yilning 25 yanvar kuni elektr taʼminotida yuzaga kelgan keng kölamli uzilişga bir qança sabablar bor. Bu haqda bugun, 30 yanvar kuni Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev yoşlar, sport, soğliqni saqlaş, elektr energiyasi sohalaridagi loyihalar taqdimoti bilan tanişiş çoğida aytib ötdi.

Maʼlumki, şu yil 25 yanvar kuni Markaziy Osiyo elektr taʼminotida texnik uziliş sodir böldi. Bu barça elektr stantsiyalarga taʼsir qilib, favqulodda vaziyat yuzaga keldi.

Prezidentning sözlariga köra, bunga bir qança sabablar bor. Jumladan, yagona energetika tizimi 220-500 kilovoltli magistral elektr tarmoqlar orqali töliq halqalaştirilmagan. Şimoli-Ğarbiy va Janubi-Ğarbiy energouzelning asosiy qismida 500 kilovoltli tarmoqlar yöq. Baʼzi magistral tarmoqlar qöşni davlatlar hududi orqali ötgan.

Şu bois, mamlakatda 500-750 kilovoltli tarmoqlarni quriş orqali yagona halqa tizimini hosil qiliş rejalaştirilmoqda. Xususan, 2026 yilga borib, jami generatsiya quvvatlarini 27 ming 400 megavattga, yillik işlab çiqariş hajmini 110 milliard kilovatt soatga yetkaziş möljallangan. Şunda mamlakatning barça hududlari 500-750 kilovoltli tarmoqlar orqali mustahkam boğlanadi va bir butun tizim yaratiladi.

Prezident elektr energiyasi tizimini isloh qiliş, qöşni davlatlar bilan sohadagi hamkorlikni davom ettiriş va rivojlantiriş zarurligini taʼkidladi. Elektr energiyasi quvvatlarini oşiriş hamda uni yetkazib berişni avtomatlaştiriş böyiça qaror loyihasini tayyorlaşga körsatma berildi.

×