Farğonalik şaxs öz xonadonida soxta dollar yasadi

Farğonalik şaxs öz xonadonida soxta dollar yasadi

Farğonalik şaxs  100 kupyuradagi AQŞ dollari, 10 ming va 50 ming sömlik kupyuradagi qalbaki pullarni «işlab çiqardi».

Bu işni u «Lenovo» noutbuki hamda «Epson» rusumli rangli printerda amalga oşirilgan.

Ammo bu texnologiyalar qançalik zamonaviy bölmasin, pul işlab çiqarişda qöllaniladigan, oddiy şaroitda qiliş imkonsiz bölgan kupyuralarda aks etuvçi ayrim nozik jihatlarni eplay olmasligi aniq. 

Şuning uçun ham qalbi pullarga razm solgan odam buni darrov payqaydi. Şu tariqa şubha ostiga olingan fuqaro M.D.ning yaşaş xonadoni közdan keçirilganda, u qalbaki pul tayyorlaş bilan şuğullanib kelayotgani aniqlandi. 

Boş prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Farğona viloyati boşqarmalari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda fuqaroning xonadonida kompyuter va printer hamda unda tayyorlangan 137 dona turli kupyuralar borligi maʼlum böldi. 

Boş prokuratura matbuot xizmati xabariga köra, daliliy aşyo bilan uşlangan M.D.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 176-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.

×