Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev ötgan yili iyunda Yaşnobod tumanidagi Texnoparkda rejalaştirilgan loyihalar bilan tanişgan, bu yil fevralda elektron gaz hisoblagiç korxonasi işga tuşirilgan edi.
29 avgust kuni bu yerda ikkinçi istiqbolli loyiha – maişiy sovutgiçlar işlab çiqariş zavodi foydalanişga topşirildi. Prezident Şavkat Mirziyoyev ramziy tugmani bosib, korxonani oçdi.

Davlat rahbari jamoatçilik vakillari bilan birga işlab çiqariş jarayonini közdan keçirdi. Umumiy qiymati 51,5 million AQŞ dollari bölgan korxonada Janubiy Koreyaning “Samsung Electronics” kompaniyasi texnologiyasi örnatilgan. Uskunalarni montaj qiliş va loyihani işga tuşirişga ham koreyalik mutaxassislar jalb qilingan.
Maʼlumki, mamlakatda şu paytgaça ham sovutgiçlar işlab çiqarilardi. Farqi şundaki, bu korxonaniki yuqori texnologik, yangi avlod mahsulotidir. Şunga yaraşa ularning sifati yuqori, siğimi ham katta.
"Sobiq aviatsiya zavodi töxtab, qarovsiz qolib ketgan edi. Keyingi yillarda undan foydalaniş böyiça körgan çoralarimiz asta-sekin öz natijasini berayapti. Bulardan maqsadimiz – odamlarni işli qilib, oylik beriş, raqobatbardoş mahsulot çiqarib, eksport qiliş", dedi Şavkat Mirziyoyev.
Korxonada işlab çiqariş jarayoni töliq avtomatlaştirilgani natijasida har 19 sekundda bitta mahsulot tayyorlaş mumkin. Yuqori qöşimça qiymatga ega bu sovutgiçlarning 30 foizini eksport qiliş közda tutilgan. Bu yerda 1500 ta iş örni yaratilgan.

Davlat rahbari jamoatçilik faollari bilan muloqotda sanoatni mahalliylaştiriş masalalari haqida gapirdi. Xususan, 2016 yil yakunida 100 ming tonna atrofida mis işlab çiqarilgan bölsa, bu yil oxirida 150 ming tonnaga yetkazilişi taʼkidlandi. Kelgusida 400 ming tonna reja qilingan. Maʼlumki, mis sanoat mahsulotlari tayyorlaşda keng qöllaniladi. Uni qazib çiqariş hajmi köpayişi import örnini bosib, mamlakat mahsulotlarining dunyo bozorida raqobatbardoşligini oşiradi.

Mazkur texnopark 2019 yil avgustda taşkil etilgan. Bu yerda 2020-2021 yillarda 15 ta investitsiya loyihasi amalga oşirilişi rejalaştirilgan. Barça loyihalar bajarilgandan keyin jami işlab çiqariş hajmi yiliga 800 million AQŞ dollari bölişi möljallangan.


















