AQŞ prezidenti Donald Tramp 4 dekabrga belgilangan impiçment böyiça eşituvlarda iştirok etmaydi.
Bu boradagi maktubni Oq uy yuridik maslahatçisi Pet Çipollone AQŞ Kongressi Vakillar palatasining sud qömitasi raisi Jerrold Nadlerga yubordi, deyiladi “CNN” xabarida.
“Guvohlar ismi aytilmagunga qadar, şuningdek sud qömitasi prezidentga nisbatan adolatli jarayon taʼminlanişi noaniqligiça qolayotgani tufayli biz eşituvlarda iştirok eta olmaymiz. Hozirgi vaziyatda çorşanba kungi eşituvlarda iştirok etmoqçi emasmiz“, deyiladi Çipollone maktubida.
Maktubda qayd etilişiça, sud qömitasining majlisi Tramp Londonda NATO sammitida iştirok etayotgan bir vaqtda bölib ötadi. Çipollonening bayonotiga köra, demokratlar “ataylab“ şu sanani tanlaşgan.
Maʼlumot örnida, Donald Trampning Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan telefon orqali muloqot qilgani impiçmentga sabab bölmoqda.
Tramp Ukraina prezidentiga göyoki özining siyosiy raqibi Jo Baydenga nisbatan Ukrainadagi tergov harakatlari tiklanişi yuzasidan bosim ötkazgan.
Sud qömitasining 4 dekabr kungi majlisida Trampga impiçment eʼlon qiliş uçun konstitutsiyaviy asoslar bor yoki yöqligi jumladan, uning xatti-harakatlari AQŞ Konstitutsiyasida belgilab qöyilgan jinoyatlarga mos keliş yoki kelmasligi muhokama qilinadi.
Buning uçun Kongressga yuristlar, konstitutsion huquq böyiça ekspertlar taklif qilingan.
Tramp demokratlar tomonidan qöyilayotgan ayblovlarni inkor etib, öziga nisbatan joriy qilinayotgan impiçment jarayonini “Amerika siyosati tarixidagi eng buyuk firibgarlik“ deya taʼriflamoqda.









