Livan Boş vaziri Saad Hariri yakşanba kuni Hizbulloh jangarilari va Isroilxavfsizlik kuçlari Livan çegarasi böylab öq uzyotganini maʼlum qilar ekan bu masalaga AQŞ va Frantsiyani aralaşişiga çaqirdi.
Hizbulloh ötgan yakşanba kuni janubiy Bayrutda Isroil dronlariga qarşi öç oliş bilan tahdid qilganidan söng, Isroil bataloni va harbiy tez yordammaşinasi tankka qarşi raketalar bilan zarba berdi.
Şia harbiylari Isroilning şimolidagi Avivim kazarma tomonda “Wolf” (Böri) zirhli transport vositasiga qarata öt oçgan va törtta ekipaj aʼzosini öldirgan yoki yarador qilgan. Biroq Isroil heç qanday ziyon körmaganini aytdi.
Bunga javoban Isroil artilleriya bölinmalari Avivim bilan çegaradoş Marun al-Ras şahri çekkasidan raketalarni otgan va Hizbulloh guruhiga qarata 100 ga yaqin öq uzdi.
Öt oçiş jarayoni davom etar ekan, Hariri AQŞ davlat kotibi Mayk Pompeo va Frantsiya prezidentining maslahatçisi Emmanuel Bonnetga qönğiroq qilib, «Livan janubiy çegarasidagi özgaruvçan vaziyat fonida AQŞ, Frantsiya va xalqaro hamjamiyatning aralaşuviga» çaqirdi.
Bayrutning janubiy çekkasida tinç aholi orasida vahima paydo böldi, ular Hizbullohning javobini kutişgan, ammo 2006 yil uruşining takrorlanişidan qörqişgan edi.
Isroil Boş vaziri Benyamin Netanyaxu Livan “hujum uçun tavon tölaydi” dedi. «Bizga zirhli raketalar hujum qildi va 100 ta öq uzildi. Livan bilan çegaradakeyingi harakatni voqealar rivojiga qarab aniqlaymiz.”
Netanyaxu «vaziyatni aniqlaş uçun Isroil armiyasi qömondoni bilan telefonorqali xavfsizlik aloqalari va maslahatlar olib borgan», dedi uning idorasi.
Otişma töxtatilganidan keyin Isroil harbiy vakili Jonatan Konrikus «strategik vaziyat hanuz davom etmoqda» va Hizbulloh bilan ziddiyatlar saqlanib qolganini aytdi.
Manba: Aniq.uz









