Markaziy Osiyoning eng tinç mamlakati eʼlon qilindi

Markaziy Osiyoning eng tinç mamlakati eʼlon qilindi

Xalqaro iqtisodiyot va tinçlik instituti tomonidan eʼlon qilingan “Global Tinçlik Indeksi” (Global Peace Index, GPI) reytingida Qozoğiston 56-örinni egallab, Markaziy Osiyodagi eng tinç mamlakat böldi. Bu haqda taşkilot tomonidan eʼlon qilingan hisobotda keltirilgan.

GPI dunyo aholisining 99,7 foizini qamrab oladi va 23 ta sifat hamda miqdoriy körsatkiçlar asosida hisoblanadi. Bu körsatkiçlar işonçli xalqaro manbalardan olinadi va dunyo davlatlaridagi tinçlik holatini quyidagi uç asosiy yönalişda baholaydi:

  • Jamiyatdagi xavfsizlik va barqarorlik darajasi;
  • Içki va xalqaro mojarolar davomiyligi;
  • Harbiylaştiriş darajasi.

Bu indeks davlatlarning qurolli töqnaşuvlardan holi bölişi, fuqarolar xavfsizligi, jinoyatçilik darajasi, qöşnilar bilan munosabatlar va harbiy xarajatlar kabi körsatkiçlar orqali aniqlanadi.

Uşbu körsatkiçlar böyiça Markaziy Osiyo davlatlari reytingda quyidagi örinlarni egallagan:

  1. Qozoğiston – 56-örin;
  2. Özbekiston – 67-örin;
  3. Qirğiziston – 78-örin;
  4. Tojikiston – 79-örin;
  5. Turkmaniston – 87-örin.

Dunyo böyiça eng tinçliksevar davlat sifatida Islandiya eʼtirof etilgan. Undan keyingi örinlarda Irlandiya va Yangi Zelandiya joylaşgan. Eng oxirgi örinni esa Rossiya egallagan – 163-örin. Ukraina undan bitta yuqorida, yaʼni 162-örinda. Şuningdek, AQŞ 128-örinda, Isroil 155-örinda qayd etilgan bölsa, Eron 142-örindan joy olgan.


Teglar:
×