Qaşqadaryo viloyati Koson tumanida maktabgaça taʼlim taşkiloti tarbiyalanuvçisi vafot etdi. Bu haqda Boş prokuratura matbuot kotibi Hayot Şamsutdinov xabar berdi.
Bildirilişiça, holat yuzasidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda. Marhuma qizning ölim sababini aniqlaş maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
“Tekşiriş harakatlari har tomonlama, töliq va xolisona ötkazilişi va natijasi böyiça qonuniy qaror qabul qilinişi taʼminlanadi. Marhumaning yaqinlariga çuqur taʼziya izhor etib, hamdardlik bildiramiz”, deb yozdi Şamsutdinov.
Maʼlumot uçun, hodisa 2025 yil 20 iyun kuni xususiy boğçada sodir bölgan. 2,5 yoşli qizaloqning tobi bölmay qolgani haqida xabar berilgan.









