Joriy yilning 1 avgust kuni Namangan viloyati Çust tuman Maktabgaça taʼlim bölimiga qaraşli 64-sonli davlat maktabgaça taʼlim taşkilotida 2017 yilda tuğilgan bola vafot etdi. Bu haqda Maktabgaça taʼlim vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, 2017 yilda tuğilgan A.Ş. joriy yilning 1 avgust kuni ertalab MTTga qabul qilingan. Taʼlimiy faoliyatga yaxşi qatnaşgan. Kun tartibiga köra tuşlik qilgan va gigiyena qoidalariga amal qilgaç barça tarbiyalanuvçilar qatori uxlaşga yotgan.
Tarbiyaçi uyqudan uyğoniş vaqti bölganda avval qiz bolalarni, söngra öğil bolalarni hojatga olib çiqiş uçun uyqudan uyğotgan. Lekin bola boşini kötargan va yana yotib olgan. Qizlarni hojatdan olib kelib A.Ş.ni uyğotgan. Şunda bola tilini çaynab yuborganligini körgan va zudlik bilan hamşirani oldiga birinçi yordam körsatiş uçun kötarib olib çiqqan.
MTT hamşirasi bolaga birinçi tibbiy yordamni qilib zaruriy muolajalarni amalga oşirgan va tez tibbiy yordamga xabar berilgan.
Tibbiyot xodimlarining harakatlariga qaramay bola vafot etgan. Ölim haqidagi maʼlumotnomaga asosan J22 Quyi nafas yöllarining aniqlanmagan ötkir respirator infektsiyasi; J81 Öpka şişişi ölim sababi etib körsatilgan.
Uşbu holat yuzasidan keça, 2 avgust kuni viloyat Maktabgaça taʼlim boşqarmasi tezkor guruhi tomonidan dastlabki örganiş ötkazilgan hamda tegişli maʼlumotlar va hujjatlar töplangan.
Hozirda holat yuzasidan tergov işlari amalga oşirilmoqda. Tergov natijalari böyiça qöşimça maʼlumot beriladi.









