Özbekiston Respublikasi Birinçi Prezidenti Islom Karimovning nabirasi Maryam Tillyayeva onasi Lola Karimova-Tilliyayeva unga Gulnora Karimovaning oilasi bilan muloqot qilişni taqiqlaganini aytdi. Bu haqda u Instagram’dagi jonli muloqot vaqtida aytib ötdi.
Maryam Tillyayevaning sözlariga köra, u va Gulnora Karimovaning qizi Imon 23 yoşda. Imon undan taxminan 6-7 oylik katta.
“Biz bobomnikiga kelganda birga vaqt ötkazardik. Biz onalarimiz gaplaşişni töxtatmagunça yaxşi döst bölganmiz. Ular gaplaşişni töxtatgaç, bizga, menga taqiqlaşdi. Imonga ham tuşuntirişdi. Ammo bu menga alam qildi, çunki opam bor, lekin u haqda heç narsa bilmayman”, deydi Maryam Tillyayeva.
U sözida davom etib, Instagram paydo bölgaç, uni kuzata boşlagan. Bu unga juda qiziqarli bölgan.
Xabaringiz bor, 2013 yilda Gulnora Karimova va unga aloqador şirkatlar bilan boğliq muammolar boşlangandan söng Gulnora Karimova va uning qizi heç qayerda köriniş bermadi. Hatto, Prezident Karimovning dafn marosimi ham ularsiz ötdi. Xalqaro darajadagi qabul marosimida oila nomidan Islom Karimovning rafiqasi Tatyana Karimova va qizi Lola Karimova iştirok etdi.
Birinçi Prezident Islom Karimovning ölimidan bir yil ötib, Imon Karimova ham oila aʼzosi sifatida 31 avgust kuni Oqsaroy majmuasida ötkazilgan xotira marosimida xolasi Lola Karimova-Tillyayeva bilan iştirok etdi. Uning akasi Islom Karimov esa onasi hibslangandan keyin Toşkentda köriniş bermagan.
2018 yilning oktyabr oyiga kelib, Imon Karimova ijtimoiy tarmoqlar orqali “Xolangiz bilan aloqangiz bormi?”, deya yöllangan savolga, qöl siltab javob berib, munosabatlari uzilganini oşkor qilgan edi.
2016 yilda Gulnora Karimovaning öğli Islom Karimov BBC’ga intervyu berib, onasi va xolasining munosabatlari hali ança yillar avval buzilganini aytib, bunda bobosini ayblagandi.
“Oyim va singlisi orasida yoşliklarida normal munosabatlar bölib kelgan. Yagona muammo şuki... Men bunda köproq bobomni ayblayman. Çunki oyim matematika maktabini oltin medal bilan bitirgan. Bobomning izidan borgan. Oyim sport bilan şuğullangan, qora kamar olgan. Öz karerasini qurişni boşlagan. U nima qilsa, xolam buni takrorlaşni istagan. Lekin, nega? Öylaymanki, sababi – bobom butun umr xolamga gapirgan “Nega opangga öxşolmaysan? Nega mana buni qilolmaysan? Nega yaxşi öqimaysan? Nega “U” bölolmaysan?”
Men öz qizlaringga bunday munosabat qiliş notöğri deb bilaman. Şuning uçun, bu uning aybi deb öylayman. Lekin, fakt şuki, bu unga taʼsir qilgan. Xolam butun umr buni eşitgani uçun, unda kompleks paydo bölgan. Mana hozir jamğarma tuzilibdi. Mamlakatda hamma biladiki, bizda jamğarma allaqaçon bor edi. Jurnal ham bor edi, u ham jurnal çiqaryapti. Buni isbotlaşga ham hojat yöq. Butun umr özaro poyga bölgan. Xolam ham nimalargadir qodir ekanini körsatişga intilgan. Öylaşimça, nafrat şunday paydo bölgan, çunki xolam baribir oyim darajasiga çiqa olmagan. Bular keyin köpirib jismoniy muammoga aylangan. Boşida bu faqat hissiyotlar darajasida bölgan bölsa, hozir bu hayotimizda aks etyapti. Bu adovat tufayli oilalar barbod bölyapti”, degan edi kiçik Islom Karimov.
Gulnora Karimova hibslangaç, uning öğli va qizi Londonga köçib ötdi. Bu orada Imon bir neça bor Özbekistonga keldi. 2020 yilda buvisi Tatyana Karimova bilan ham uçraşib, bobosining Oqsaroy qarorgohidagi kabinetida böldi. Islom esa Özbekistonga qadam bosmadi va Londonda uylandi. Kuni keça u farzandli bölganini eʼlon qildi. 50 yoşni qarşilaş arafasida turgan Gulnora Karimova esa hamon qamoqda qolmoqda.
2016 yildan keyin Lola Karimova turmuş örtoği va farzandlari bilan AQŞga köçib ötdi. U AQŞdan turib “Sen yolğiz emassan” xayriya jamğarmasi va Islom Karimov nomidagi Respublika jamoat fondini yuritmoqda. Şuningdek, “The harmonist” attorlik mollari brendiga ham asos solgan.
Lola Karimovaning qizi Maryam Tillyayeva ötgan yilning örtalaridan boşlaş jamoatçilik oğziga tuşgan. U rossiyalik bloger Amiran Sardarovga turmuşga çiqdi. Ayni vaqtda Moskvaga köçib ötgan. Bundan bir neça oy avval ijtimoiy tarmoqlarda uning noqabul körinişdagi surati paydo böldi. Buni jamoatçilik faollari bobosining xotirasiga hurmatsizlik sifatida baholadi. Lola Karimova esa qizining xatti-harakatlarini Islom Karimovning prezidentlik faoliyati va ğoyalari bilan boğlamaslikni söradi.
Nabira kuyov Amiran Sardarovning maʼlum qilişiça, ayni vaqtda qaynota-qaynonasi ular bilan aloqani uzgan. Ular Maryamning kuyov borasidagi tanloviga boş-boşidan qarşi çiqqan.









