Isroil Ğazoda yordam kutayotgan odamlarga qarata öt oçdi

Isroil Ğazoda yordam kutayotgan odamlarga qarata öt oçdi

Isroil armiyasining Ğazo sektori janubidagi Netzarim koridori hududida gumanitar yordam kutayotgan tinç aholiga uyuştirgan hujumida kamida 22 falastinlik halok böldi, köp sonda yaralandi. Bu haqda “Anadolu” xabar berdi.

Tibbiy manbalar va guvohlarning sözlariga köra, Isroil harbiylari 11 iyun kuni erta tongda gumanitar yordam oliş uçun yiğilgan falastinliklarga qarata öt oçgan.

Dastlabki maʼlumotlarga köra, hujum oqibatida 22 kişi halok bölgan va yana köp odamlar yaralangan.

Manbalarning qayd etişiça, mintaqadagi oğir gumanitar vaziyatga qaramay, oçlikdan azob çekayotgan aholiga hujumlar davom etmoqda.


Teglar:
×