Avvalroq, keça, 17 noyabr kuni Andijon viloyatidagi dehqon bozorida yonğin kelib çiqqani haqida xabar bergan edik. Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi Matbuot xizmati rahbari Hayot Şamsutdinov uşbu yonğin böyiça rasmiy axborot berdi.
Uning qayd etişiça, yonğin 17 noyabr kuni soat 21:15 larda Andijon tumani, Sultonobod mahallasida joylaşgan “Yorboşi vodiy savdo” MÇJga tegişli bölgan oşxona va savdo dökonlarida kelib çiqqan. Yonğinda binoning umumiy 692,9 kv metr qismi yonib, taxminan 1 mlrd sömlik zarar yetgan.
Mazkur holat yuzasidan Andijon tumani prokuraturasi tomonidan JKning 259-moddasi 2-qismi “b” bandi (Oğir oqibatlar kelib çiqişiga sabab bölgan yonğin xavfsizligi qoidalarini buziş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.









