Xitoy avtosanoati yillar davomida hukumat tomonidan qöllab-quvvatlanadigan “kulrang bozor” orqali avtomobil savdosini sunʼiy ravişda oşirib kelmoqda. Bu tizimda avtomobillar zavoddan çiqqanidanoq “yangi” holatda röyxatdan ötkaziladi va keyin xorijiy davlatlarga “işlatilgan” sifatida eksport qilinadi. Ular orasida esa Özbekiston ham bor. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Bu “nol kilometrli” deb ataluvçi maşinalar heç qaçon haydalmagan bölsa-da, Markaziy Osiyo (şuningdek, Özbekiston), Rossiya va Yaqin Şarq kabi bozorlarga işlatilgan avtomobillar sifatida eksport qilinmoqda. “Reuters” naşrining hukumat hujjatlari hamda beş nafar avtomobil sotuvçisi va vositaçisi bilan ötkazgan suhbatlariga köra, bu amaliyot Xitoy avtomobil işlab çiqaruvçilari uçun sunʼiy ösişni körsatiş va içki bozorda sotilişi qiyin bölgan maşinalardan qutuliş imkonini bermoqda.
“Bu deyarli tört yildan beri davom etayotgan narxlar uruşining oqibati. Bu kompaniyalarni har qanday yöl bilan sotuv qayd etişga majbur qilmoqda”, deydi AQŞning Miçigan ştatidagi Sino Auto Insights konsalting kompaniyasi asosçisi Tu Le.
Uşbu amaliyot, ayniqsa, joriy yil may oyida Great Wall Motor kompaniyasi rahbari mamlakat içkarisidagi “nol kilometrli” işlatilgan maşinalar savdosini tanqid qilganidan söng keng eʼtiborga tuşgan.
Joriy yilning 10 iyun kuni “People’s Daily” gazetasi ham bu amaliyotni qoralagan. Xitoy Kommunistik partiyasi qaraşlarini ifodalaydigan uşbu naşr “soxta işlatilgan maşinalar” narxlarni tuşirib yuborayotgani va içki bozordagi narx uruşini kuçaytirayotganini aytib, “qatʼiy tartibga soliş çoralarini” körişga çaqirgan.
Şunga qaramay, “Reuters” tomonidan tahlil qilingan davlat OAVlari va hukumat hujjatlariga köra, Xitoydagi mintaqaviy hukumatlar bunday “soxta işlatilgan” maşinalarni eksport qilişni faol ravişda rağbatlantirmoqda. Mahalliy hukumatlar Pekin tomonidan belgilangan iqtisodiy ösiş maqsadlariga erişiş uçun bu amaliyotni muhim vosita sifatida qabul qilgan.
Kamida 20 ta şunday mintaqaviy hukumat aniqlangan va ularga Guandun va Siçuan kabi yirik eksport markazlari ham kiradi. Ular rasmiy hujjatlarda nol kilometrli işlatilgan maşinalar eksportini qöllab-quvvatlaşini oçiq bildirgan.
Uşbu qöllab-quvvatlaş şakllari maxsus eksport litsenziyalarini beriş, soliq imtiyozlarini tezlaştiriş, eksport infratuzilmasiga investitsiya kiritiş hamda nol kilometrli işlatilgan maşinalar eksportini tarğib qiluvçi tarmoq tadbirlarini moliyalaştiriş öz içiga oladi.
Bu bozor qanday işlaydi: yangi avtomobil işlab çiqariş liniyasidan çiqqaç, eksportçi uni işlab çiqaruvçidan yoki dilerdan sotib oladi, Xitoy davlat raqami bilan röyxatdan ötkazadi va darhol işlatilgan avtomobil sifatida xorijga yuboradi. Bu jarayonda işlab çiqaruvçi avtomobilni “sotilgan” deb qayd etadi va daromadni hisobga oladi.
“Markazlaşgan Xitoy iqtisodiy tizimidan taşqarida bu kabi amaliyotlar mantiqsiz körinişi mumkin, ammo bu yerda savdo va bandlik körsatkiçlaridagi tez ösiş mahalliy rahbarlar uçun martaba kötarilişiga olib kelişi, maqsadlarga erişilmasa esa lavozimdan tuşişga sabab bölişi mumkin”, deyiladi xabarda.
Xitoy avtosanoatidagi ikki nafar rahbariga köra, mahalliy hukumatlar bu firmalarni öz hududlariga jalb qilişga intiladi, çunki bunday firmalar har bir maşinani ikki marta – sotib oliş va sotişda hujjatlaştiradi, bu esa yalpi içki mahsulot (YAIM) statistikasini sunʼiy ravişda tez ösişini taʼminlaydi.









