“UzAutoMotors” uçta modeldagi maşinalarini çaqirib olyapti

“UzAutoMotors” uçta modeldagi maşinalarini çaqirib olyapti

“UzAutoMotors” AJ joriy yilning 5-17 dekabrida işlab çiqarilgan Nexia, Cobalt va Lacetti avtomobillarini “Çaqirib oliş” dasturini eʼlon qildi

Kompaniya Matbuot xizmatining xabar berişiça, bu “Çaqirib oliş” dasturi avtomobillarning orqa oyna isitiş tizimini tekşiriş zarurati bilan boğliq.

Barça işlar “UzAutoMotors” AJ xodimlari tomonidan dilerlik markazlarining servis xizmatida işlab çiqaruvçining mablağlari hisobidan amalga oşiriladi.

“UzAutoMotors” işlab çiqarilayotgan avtomobillar sifati va mijozlar talabini qondirişni özining asosiy ustuvor vazifasi deb biladi. “UzAutoMotors” AJ boş direktori Bo Andersson bu yil kompaniyaga kelganida sifatni keskin oşirişni va har qanday kamçiliklarga mutlaqo murosasiz munosabatda bölişni eʼlon qildi”, deyiladi xabarda.

Avvalroq kompaniya 2022 yilning fevral oyigaça Spark, Nexia, Cobalt va Lacetti kabi ommabop modellarni işlab çiqarişni töxtatgani haqida xabar berilgandi.

×