Şvetsiya özbekistonlik migrantlarni qabul qilmoqçi

Şvetsiya özbekistonlik migrantlarni qabul qilmoqçi

Özbekiston va Şvetsiya migratsiya va mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik haqida qöşma deklaratsiya imzoladi. Bu haqda Özbekiston Migratsiya agentligi xabar berdi. 

Maʼlum qilinişiça, Migratsiya agentligi rahbari Behzod Musayev va Şvetsiya Migratsiya vaziri Yoxan Forssell örtasida Özbekiston va Şvetsiya migratsiya sohasidagi hamkorlikni mustahkamlaşga bağişlangan uçraşuv bölib ötgan. 

Konstruktiv muloqotda noqonuniy migratsiyaning oldini oliş, inson huquqlarini himoyalovçi, qulay, şaffof taşkillaştirilgan migratsiya mexanizmlarini yaratiş masalasi muhokama qilingan. 

“Bugungi kunda Şvetsiyadagi demografik jarayonlar tufayli transport, quriliş, sanoat, tibbiyot, taʼlim va xizmat körsatiş sohalarida kadrlar yetişmovçiligi kuzatilyapti. Özbekiston uşbu mamlakat mehnat bozoriga malakali mutaxassislarni tayyorlaş va olib kiriş uçun yetarli salohiyatga ega”, deyiladi xabarda. 

Tomonlar quyidagi asosiy taşabbuslarni ilgari surgan:

  • ikki mamlakat örtasida markazlaştirilgan raqamli platforma yaratiş;

  • quriliş, logistika va tibbiy xizmatlar yönalişlariga iş beruvçilar talabi asosida özbekistonlik yuqori malakali kadrlarni tayyorlaş va Şvetsiyada bandligini taʼminlaşga qaratilgan pilot loyihalarini boşlaş. 

Şuningdek, uçraşuv doirasida migratsiya va mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik haqida qöşma deklaratsiya imzolangan, bu hamkorlik nolegal migratsiyaga çek qöyiş, axborot almaşiş va konsullik qöllab-quvvatlaş mexanizmlarini mustahkamlaşga xizmat qiladi.

“Işonçim komilki, bugun imzolangan tarixiy hujjat Özbekiston – Şvetsiya munosabatlarini yangi bosqiçga kötariş va kelajakdagi faol hamkorligimiz uçun muhim qadam böldi. Mamlakatingizga ilk bor kelgan bölsam-da, jadal rivojlanayotgan iqtisodiyot, qolaversa barça sohalardagi ijobiy imkoniyatlar menda juda ijobiy hissiyotlar qoldirdi”, degan Şvetsiya Migratsiya vaziri.


×