Rossiyadan qaytayotgan migrantlarni 18 ta mamlakatga yuboriş çoralari körilmoqda

Rossiyadan qaytayotgan migrantlarni 18 ta mamlakatga yuboriş çoralari körilmoqda

Ukraina hududida Rossiya va Ukraina örtasida davom etayotgan uruş eng avvalo ikki mamlakat, qolaversa, butun dunyoga taʼsir körsatişni boşladi. Rossiya rublining qadrsizlanişi va valyuta ayirboşlaş bilan boğliq muammolar Rossiyadagi özbekistonlik mehnat muhojirlarini ham çetlab ötgani yöq. Bu holat migrantlarning oylik maoşi, uyga jönatadigan mablağiga ham taʼsir körsatmay qolmadi.

Özbekistonda bugungi kunda Mehnat migratsiyasi geografiyasini kengaytiriş maqsadida 18 ta davlat bilan hukumatlararo va idoralararo bitim imzolaş imkoniyatlari körib çiqildi. Bu haqda keça, 5 aprel kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiya agentligida bölib ötgan matbuot anjumanida Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi  rahbari Afzal Irmatov maʼlum qildi.

Qayd etilişiça, hozirda mehnat migratsiyasi geografiyasini kengaytiriş maqsadida Kanada, Frantsiya, Latviya, Finlyandiya, Isroil, Bolgariya, Gretsiya, Italiya, Bahrayn, Belgiya, Qatar, Qozoğiston, Quvayt, Malayziya, Ozarbayjon, Saudiya Arabistoni, Polşa, Singapur kabi 18 ta davlat bilan hukumatlararo va idoralararo bitim imzolaş imkoniyatlari körib çiqilgan.

Şuningdek, Bahrayn, Belgiya, Bolgariya, Gretsiya, Italiya, Isroil, Qatar, Qozoğiston, Quvayt, Malayziya, Saudiya Arabistoni, Singapur va Ozarbayjon davlatlarining vakolatli organlariga kiritilgan Hamkorlik bitimi loyihalari uşbu davlatlarning masʼul idoralari tomonidan körib çiqilmoqda.

Maʼlumotga köra, Kanada, Latviya, Polşa, Finlyandiya va Frantsiya davlatlarning iş beruvçilari bilan Özbekiston fuqarolarini işga jalb qiliş böyiça Hamkorlik şartnomalari imzolaş işlari davom ettirilmoqda.

Şuningdek, özbekistonlik mutaxassislarni rivojlangan mamlakatlarga vaqtinçalik mehnat faoliyatiga yuboriş maqsadida, Şveytsariya, Germaniya, Slovakiya, Latviya, Litva, Bolgariya, Isroil, Polşa, Çexiya, Serbiya, Xorvatiya, Finlyandiya, Niderlandiya va Yaponiya kabi davlatlarning işga joylaştiriş sohasidagi vakolatli kompaniyalari bilan özbekistonliklarni taşkiliy işga joylaştiriş böyiça 30 dan ortiq hamkorlik şartnomalari imzolangan.

Maʼlumot uçun, 2022 yilning birinçi çoragida 3 ming 522 nafar fuqaro xorijiy davlatlarda işga joylaştirilgan. Şundan 2 ming 183 nafari Rossiya Federatsiyasiga, 44 nafari Qozoğiston Respublikasiga, 1 ming 293 nafari Janubiy Koreyaga va boşqa davlatlarga işlaş uçun yuborilgan.

×