Rossiya Dumasi Özbekiston bilan bojxona haqidagi qonunni qabul qilmoqçi

Rossiya Dumasi Özbekiston bilan bojxona haqidagi qonunni qabul qilmoqçi

Davlat dumasi yalpi majlisda Özbekiston bilan bojxona xizmatlari töğrisidagi bitimni, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YEOII) doirasida tibbiy buyumlarni röyxatdan ötkazişga ötiş davrini uzaytiriş töğrisidagi protokolni ratifikatsiya qilişni rejalaştirmoqda. Bu haqda TASS xabar berdi.

Qayd etilişiça, Rossiya va Özbekiston hukumatlari örtasidagi ikki davlat bojxona xizmatlari vakolatxonalarini oçiş töğrisidagi bitimni ratifikatsiya qiliş haqidagi qonun loyihasini Rossiya Prezidenti Vladimir Putin 8 iyul kuni Davlat Dumasiga taqdim etgan. 

Şartnomaga muvofiq bojxona xizmati vakolatxonasi quyidagi funktsiyalarni amalga oşiradi: 

•   bojxona faoliyatini tartibga soliş masalalari böyiça öz davlati bojxona xizmati manfaatlarini ifodalaydi;

•   davlatlar örtasida bojxona hamkorligini rivojlantirişga kömaklaşadi;

•   davlatlarning bojxona işi sohasidagi xalqaro şartnomalarini amalga oşiriş böyiça tadbirlarda iştirok etadi.

2025 yilning 31 dekabriga qadar Ittifoqqa aʼzo mamlakatlar normalari böyiça tibbiy buyumlarni röyxatdan ötkaziş uçun ariza beriş imkoniyatini uzaytiruvçi YEOII doirasida tibbiy buyumlar muomalasining yagona qoidalari töğrisidagi bitimga özgartirişlar kiritiş töğrisidagi protokol imzolandi. Rossiya Federatsiyasi hukumati tomonidan 6 iyulda Davlat Dumasiga ratifikatsiya qiliş uçun taqdim etilgan. Hujjat bugun, 20 iyul kuni Dumaning elektron bazasiga joylaştirildi. Protokol qoidalari tibbiy buyumlar tanqisligi tahdidini bartaraf etiş maqsadida tibbiy buyumlarni röyxatga oliş milliy tizimlarini saqlaşga qaratilgan. 

Protokol 2023 yil 13 fevralda YEOIIga aʼzo davlatlar tomonidan imzolangan bölib, YEOII doirasidagi tibbiy buyumlar muomalasining yagona tamoyillari va qoidalari töğrisidagi kelişuvni töldiradi. Bitimda ittifoq doirasida muomalaga çiqarilgan tibbiy buyumlar yagona tartibda röyxatdan ötkazilişi belgilab qöyilgan. Bundan taşqari, milliy qonunçilik normalariga muvofiq röyxatga olingan tibbiy buyumlar faqat uşbu davlat hududida röyxatdan ötkazilganligini tasdiqlovçi hujjatlarning amal qiliş muddati tugagunga qadar muomalaga kiritilişi mumkin. 


×