AQŞ vizaga ariza topşirgan özbekistonliklarning 64 foiziga rad javob berdi

AQŞ vizaga ariza topşirgan özbekistonliklarning 64 foiziga rad javob berdi

2024 yilda AQŞ Özbekiston fuqarolari tomonidan topşirilgan B1/B2 toifasidagi viza arizalarining 64,41 foizini rad etgan. Bu haqda AQŞ Davlat departamenti tomonidan eʼlon qilingan hisobotda keltirilgan.

Ötgan yilda Qöşma Ştatlar Özbekiston fuqarolari tomonidan topşirilgan B1, yaʼni tadbirkorlik vizasi hamda B2 – sayohat vizalari arizalarining 64,41 foizini rad etgan. Uşbu körsatkiç 2023 yilga nisbatan 4,85 foizga yuqori. Öşanda rad etiş darajasi 59,56 foizni taşkil etgan.

Şuningdek, Markaziy Osiyoning boşqa davlatlari böyiça körsatkiçlar quyidagiça:

  • Turkmaniston – 58,80 foiz;
  • Qozoğiston – 46,29 foiz;
  • Tojikiston – 45,24 foiz;
  • Qirğiziston – 39,14 foiz.

Vizani rad etişning yuqori darajasi Armanistonda (59,46 foiz), Kanadada (56,35 foiz) va Eronda (55,54 foiz) ham qayd etilgan. Pastroq körsatkiçlar esa Frantsiyada (8,50 foiz), Germaniyada (10,02 foiz), Yaponiyada (5,76 foiz) va ayniqsa BAAda – atigi 1,46 foiz darajasida kuzatilgan.

Dunyo böyiça eng köp arizasi rad etilgan davlatlar qatorida Laos (82,84 foiz), Somali (77 foiz) va Mavritaniya (70,07 foiz) bor.

MDH davlatlari orasida vizani rad etiş darajasi Rossiyada 38,56 foiz, Belarusda 28,79 foiz, Ozarbayjonda 21,46 foiz va Ukrainada 33,45 foizni taşkil etgan.


Teglar:
×