Zilzila – yer pöstining yuqori qismida tösatdan siljiş, siniş yoki öpiriliş röy berişi oqibatida vujudga keladigan va tölqinsimon tebranişlar tarzida tarqaladigan yer osti silkinişlari hisoblanadi. Zilzila sabablariga köra, tektonik, vulqoniy va öpiriliş zilzilalariga bölinadi. Şuningdek, hodisaning inson omili aralaşuvi oqibatida ham hosil böladigan turlari mavjud, yaʼni ayrim yer silkinişlarini uyuştiriş mumkin. Xöş, insoniyatga nima uçun sunʼiy ravişda hosil qilinadigan zilzilalar kerak? Va bu qanday amalga oşiriladi? Neça ballgaça bölgan zilzilalarni sunʼiy hosil qiliş mumkin? QALAMPIR.UZ uşbu savollarga soha mutaxassislaridan javob oldi.
FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi mutaxassisining taʼkidlaşiça, sunʼiy zilzilalar odatda foydali qazilmalarni oliş vaqtida amalga oşiriladi.
“Zilzilalar özi ikki turga bölinadi. Bular tabiiy va texnogen zilzilalardir. Tabiiy zilzilalar sabablariga köra, tektonik, vulqoniy va öpiriliş zilzilalariga bölinadi. Texnogen zilzilalar esa konlarda, neft-gaz olişda inson omili bilan sodir etiladi. Aytiş mumkinki, yer ostidan neftni olib bölgandan keyin, qazilma olingan böşliqni töldiriş uçun sunʼiy zilziladan foydalaniladi. Bu holdagi zilzilalarning markazi uzoği bilan 5 kilometrgaça yetişi mumkin. Baʼzi hollarda notöğri qazişma işlari jarayonidagi portlaş natijasida ham yer silkinişi kuzatiladi, ammo u asosan yer yuzasida sodir böladi.
Turkiyada sodir bölayotgan zilzila tabiiy zilzila hisoblanadi, çunki bu qadar keng hamda katta hududda sunʼiy zilzilani hosil qilişning imkoni yöq. Aslini olganda ataylab zilzilalarni harakatga keltirib bölmaydi”, deydi FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi mutaxassisi.
Şuningdek, Toşkent Arxitektura-quriliş universiteti Guruntlar mexanikasi va qurilişda zilzilabardoşlik kafedrasi öqituvçisi, professor Saidiy Saidislom zilzilalar, ularning turlari, Özbekistondagi binolar neça balli zilzilaga doş bera olişi xususida maʼlumot berdi.
“Zilzilaning kelib çiqiş sabablari va tabiati haqida tölaroq tasavvur hosil qiliş uçun Yer zaminida sodir böladigan geologik jarayonlarni biliş zarur. Yer yuzasida olib borilgan ilmiy kuzatişlar yer qatlamining doimiy, ammo juda sekin harakatda ekanligini körsatdi: qobiqning baʼzi joylari kötariladi, baʼzi yerlari pasayadi, ayrim joylari esa gorizontal yönalişda siljiydi. Yer qobiğining bunday harakati tektonik harakat deb ataladi.
Sunʼiy zilzilalar, yaʼni kuçli portlaşlardan (atom va vodorod bombalari) xosil böladigan zilzilalar. Inson omili sababli sodir böladigan zilzilalarga kuçli portlaşlar natijasida röy beradigan zilzilalarni keltiriş mumkin. Suniy zilzilalar faqat kuçli portlaşlar natijasida solir böladi. Turkiyada röy bergan zilzilalar uning turli hududlarida va turli kuç bilan röy bergan. Uşbu zilzilalar suniy ravişda sodir bölişi mumkin emasU”, deydi professor Saidiy Saidislom.
Binoni qurişdan avval obʼekt maydonining seysmikligiga mos ravişda bino zilzila taʼsiriga qarşi hisoblanadi, söngra tegişli konstruktiv çora tadbirlar qöllaniladi. Natijada, binoning quriliş maydonçasining seysmikligiga mos ravişda uning loyihasi işlab çiqiladi va ekspertizadan ötkazilada. Söngra bino uşbu loyiha böyiça quriladi. Binoning qurilişida loyihaning barça talablariga rioya qilingan bölsa bino zilzilabardoş hisoblanadi, yaʼni bino maydonçasining seysmikligiga mos bölgan zilzilaga bardoş beradi.
Maʼlumot uçun, Özbekistondagi binolar 7 dan 9 magnitudagaça çidamli tarzda quriladi.









