Qozoğistonda samolyot halokatga uçradi. Qurbonlar bor

Qozoğistonda samolyot halokatga uçradi. Qurbonlar bor

Qozoğistonning Ostona şahri yaqinida yengil samolyot qulab tuşdi, ikki ekipaj aʼzosi halok böldi. Bu haqda mamlakatning Transport vazirligi xabar berdi.

Qayd etilişiça, mahalliy vaqt bilan soat 11:30 da Jölomon aerodromi hududida (Ostona) öquv parvozi vaqtida TL-2000 yengil samolyoti bilan aviahalokat sodir bölgan. Samolyot xususiy bölgan. Dastlabki maʼlumotlarga köra, bortda ikki ekipaj aʼzosi bölgan, ikkalasi ham halok bölgan.

Vazirlikning qöşimça qilişiça, hozirda hodisa sabablarini örganiş uçun komissiya tuzilmoqda.

Maʼlumot uçun, TL-2000 – 1990 yillarda Çexiyada işlab çiqilgan bir dvigatelli samolyot hisoblanadi.

Eslatib ötamiz, 2024 yilning iyul oyida Qozoğistonning Oqmola viloyatining Derjavinsk şahri yaqinida An-2 samolyoti halokatga uçragandi. Yengil samolyot parvoz paytida yonib ketgandi. Uçuvçi yonayotgan samolyotni özi evakuatsiya qilişga muvaffaq bölgan. Samolyot öşanda texnik sinov parvozini amalga oşirişi kerak edi.


×