Voqea Qozoğistonning Olmaota viloyatidagi Olmaota–Bişkek avtomagistralida 27 dekabr kuni soat taxminan 21:40 da sodir böldi.
Hodisa Olmaota–Bişkek avtomobil yölida sodir bölgan. Yölning muzlagani oqibatida “Mercedes-Benz E-Class” va şaharlararo avtobus töqnaşib ketgan. Yengil avtomobil şarqiy yönalişda Olmaota tomon, avtobus esa ğarbiy yönalişda harakatlanayotgan bölgan.
Töqnaşuv oqibatida “Mercedes” jarlikka tuşib ketgan, avtobus esa yon tomonga qulagan.
Xabarlarga köra, Özbekiston fuqarolari ketayotgan avtobus töla bölgan. Hodisa oqibatida “Mercedes”dagi uç kişi vafot etgan. Jabrlanganlar orasida avtobus va maşina haydovçilari, şuningdek, şifoxonaga yotqizilgan “Mercedes”ning ikki yölovçisi ham bor.
Avtobus haydovçisi jiddiy jarohat olmagan, şifoxonada tibbiy yordam körsatilganidan söng uyiga jönab ketgan. Yengil avtomobil haydovçisi esa öziga kelgan, ikki yölovçining ahvoli esa oğirligi aytilmoqda.
Aniqlanişiça, “Mercedes-benz” rusumli avtomaşinaning 25 yoşli haydovçisi Olmaota–Bişkek yölida boşqaruvni yöqotgani sabab yöl-transport hodisasi yuz bergan. Yölovçi avtomobilida olti kişi bölgan, ulardan uç nafari voqea joyida vafot etgan, yana uç nafari turli tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan.
YTHda avtobus yölovçilari jabrlanmagan. Mazkur holat yuzasidan sudgaça tergov harakatlari olib borilib, Qozoğiston Jinoyat kodeksidagi tegişli moddalar bilan jinoyat işi qözğatilgan.









