25 dekabr kuni Embraer 190 yölovçi samolyoti Qozoğiston ğarbidagi Aqtau şahri yaqinida halokatga uçradi. Orda.kz maʼlumotiga köra, samolyot Aqtau aeroporti hududiga qulagan.
Dastlabki maʼlumotlarga köra, Azerbaijan Airlines aviakompaniyasining Bokudan Grozniyga uçgan yölovçi samolyoti halokatga uçragan.
Azari Press Agentliyi maʼlum qilişiça, samolyot Kaspiy dengizi ustida halokat signali bergan va majburiy qöniş uçun Qozoğiston tomonga yöl olgan. «Sputnik Azerbaydjan» aviakompaniyadagi manbaga asoslanib, samolyot quşlar galasi bilan töqnaşib ketganini halokat sababi sifatida keltirgan.
Baza bortda 67 yölovçi va ekipajning beş aʼzosi bölganini xabar qilgan. «Ostorojno, novosti» maʼlumotida samolyot bortidagilar 107 kişi bölgani aytilgan.
Samolyot radarlardan ğoyib bölib, uçiş-qöniş yölagi yaqinidagi dalaga qulagan. Flightradar servisi maʼlumotlariga köra, halokatdan oldin samolyot aeroport ustida aylangan.
Ijtimoiy tarmoqlarda samolyot qulaşi vaqtida olingan videolar tarqalmoqda.









