Avvalroq, Buxoro viloyatida yaşovçi fuqaro Özbekiston Qizil kitobiga kiritilgan böz eçkiemarga nisbatan şafqatsiz munosabatda bölib, unga nos çektirgandi. Uşbu şaxs sud qarori bilan jarimaga tortildi. Bu haqda Buxoro viloyati sudlari xabar berdi.
Maʼlum bölişiça, Buxoro viloyati Jondor tumanida 2005 yilda tuğilgan fuqaro joriy yil 01 iyun kuni Özbekiston Respublikasi “Qizil kitobi”ga kiritilgan Böz eçkiemarning oğziga nosvoy solib, unga nisbatan şafqatsiz munosabatda bölib öldirgan. Unga nisbatan tegişli tartibda maʼmuriy bayonnoma rasmiylaştirilgan.
Sud zalida huquqbuzar 1 iyun kuni “Ibn Sino” MFYga qaraşli Gazli çöl massivida joylaşgan dala şiyponiga özining qöylarini qamaş uçun kelganida eçkiemarni körib qolganini, uni boşiga tayoq bilan urib qöliga uşlab olgani, keyin esa uning oğziga majburlab nosvoy solganini tan olgan. Uning aytişiça, eçkiemar 10-15 daqiqa xuşsiz holatda qolib, keyinçalik yurib ketgan. Huquqbuzar şundan söng eçkiemarni olib, köl qirğoğiga otib yuborganini, bu holatlarni özining şaxsiy telefoniga videoga olib, Instagram ijtimoiy tarmoğiga joylaştirganini aytgan. U eçkiemarga nisbatan şafqatsiz munosabatda bölganligini tan olsada, uni öldirmaganini bildirgan.
Unga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 111-moddasi (Hayvonlarga nisbatan şafqatsiz munosabatda böliş) 1-qismi bilan bazaviy hisoblaş miqdorining 4 baravari, yaʼni 1,5 mln söm jarima jazosi tayinlangan.









