Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda aldamçi, firibgar şaxslar töğrisidagi xabar el orasida tez tarqalmoqdi. Biroq, şunga qaramay, firibgarlarning tuzoğiga birin-ketin odamlarning ilinib qolişi har qanday odamni öylantiradi. Asli farğonalik va muqaddam 8 marta sudlangan Şarif Qayumov (ism-şarf özgartirilgan) ham şunday firibgarlar toifasidan.
Sudlanuvçi Şarif Qayumov 2020 yil 6 sentyabr kuni Namangan şahrida joylaşgan kafelardan birining boşliği K.Jamolovga könğiroq qilib, özini “Namangan viloyat IIB JQB boşliği Bahromman” deb taniştirib, bir kun avval şu kafeda ovqatlangan şaxs ovqatdan zaxarlanib, kasallangani, unga 425.000 sömlik dori-darmon olib berganini aytib, aldab, uşbu pullarni uning tegişli raqamli plastik kartasiga tuşirib berişi şartligini aytib, 100.000 söm pullarni firibgarlik yöli bilan talon-toroj qilgan.
Sud, davlat ayblovçisining xulosasini, himoyaçi fikrini, sudlanuvçi Ş.Qayumovni, jabrlanuvçi va guvohlarning körsatuvlarini tinglab, jinoyat işi hujjatlarini örganib çiqib, Ş.Qayumovni jinoyat sodir etganlikdagi aybli deb topdi hamda qonun sanktsiyasida körsatilgan jazoni tayinladi.
Darhaqiqat, firibgarlar odamlarni aldaş uçun ming bir usuldan foydalanişga harakat qilişadi. Şuni unutmaslik lozimki, firibgarlik qaysi usuldan foydalangan holda sodir etilmasin- qonunda buning uçun javobgarlik muqarrar.
Manba: Aniq.uz









