Prezident Şavkat Mirziyoyev davlat uluşi bölmagan korxonalarga eksportda muddati ötgan qarzdorlik uçun jarima hisoblaş va undirişga bir yillik moratoriy eʼlon qilinişini bildirdi. Bu haqda u bugun, 20 avgust kuni tadbirkorlar bilan oçiq muloqot çoğida maʼlum qildi.
Qayd etiş joiz, ayrim mintaqalardagi notinçliklar oqibatida taşqi bozorlardagi tebranişlar, logistikadagi uzilişlar eksport tuşumlarining keçikişiga olib kelmoqda. Bunday şaroitda özi şundoq ham puli tuşmayotgan tadbirkorlar muddati ötgan debitor qarzdorlik uçun jarima tölayapti.
Bildirilişiça, bu masalani juda köp töqimaçilik korxonalari va meva-sabzavot eksportçilari kötarib, yengillik söragan. Davlat rahbari muammoning yeçimini aytdi – endilikda davlat uluşi bölmagan korxonalarga eksportda muddati ötgan qarzdorlik uçun jarima hisoblaş va undirişga bir yillik moratoriy eʼlon qilinadi.
Maʼlum qilinişiça, ötgan hafta 200 dan ortiq töqimaçilik korxonalari vakillari bilan uçraşilib, sohani qöllab-quvvatlaş böyiça 7 trillion sömlik taşabbuslar eʼlon qilingan. Tez kunlarda töqimaçilikda “işonçli eksportçi” dasturi boşlanib, eksport oldi moliyalaş tizimi yölga qöyiladi va buning uçun 200 million dollar yönaltiriladi. Bu elektrotexnika, quriliş materiallari, oziq-ovqat, farmatsevtika kabi eksport salohiyati yuqori, lekin imkoniyatlari töliq işga solinmagan sohalar uçun ham joriy etiladi. Uşbu sohalardagi tadbirkorlarni aylanma mablaği uçun 500 million dollar beriladi. Har bir tarmoqning sifati kafolatlangan, raqobatdoş 10 tadan mahsulotiga “Özbekiston ramzi” sifat belgisini berilib, ularni dunyoga tanitiş uçun katta tarğibot kampaniyasi boşlanadi.
Poytaxt Toşkent va viloyat markazlaridagi korxonalarini mehnat resursi, böş yeri köp tumanlarga köçirmoqçi bölgan tekstil sohasidagi tadbirkorlarga 10 milliard sömgaça kredit beriladi. Prezident işçi kuçi köp talab qiladigan boşqa tarmoq korxonalari ham bunday taşabbus bilan çiqsa, ularni qöllab-quvvatlaşga tayyorligini aytdi.
Arzon xomaşyo bilan taʼminlaş maqsadida 2028 yil 1 yanvargaça aralaş mato va gazlamani bojxona bojidan ozod etilmoqda. Lekin bunday muammo sanoatning boşqa sohalarida ham bor. Jahon banki ekspertlari ham tarif siyosati işlab çiqarişni rağbatlantirişi kerakligini aytmoqda. Oçiq muloqotga tayyorgarlik doirasida barça sohalardagi tadbirkorlardan bu yönalişda 130 ta murojaat kelib tuşgan. Davlat rahbari Boş vazirning iqtisodiyot va investitsiyaga masʼul örinbosarlariga 1 noyabrga qadar har bir tarmoq, hududiy korxonalar talabini örganib, boşqa xomaşyo va butlovçi qismlar uçun tariflarni qayta körib çiqişni topşirdi. Endilikda import jarayonida muvofiqlik sertifikatlari har bir partiyaga emas, şartnomada körsatilgan hajm uçun beriladi.









