AQŞning Tel-Avivdagi elçixonasi Eron tomonidan berilgan raketa zarbalari oqibatida kiçik zarar kördi, heç kim jabrlanmadi. Bu haqda Qöşma Ştatlarning Isroildagi elçisi Mayk Xakabi özining X sahifasida maʼlum qildi.
Uning sözlariga köra, bugun AQŞning Isroildagi elçixonasi va konsullik idoralari işlamaydi.
“AQŞning Isroildagi elçixonasi va konsullik öz joyida boşpana beriş tartibi davom etayotgani sababli bugun yopiq qoladi. Tel-Avivdagi elçixona binosi yaqinida Eronning raketa zarbalari kiçik zarar keltirdi, ammo AQŞ xodimlari orasida qurbonlar yöq”, deb yozadi elçi.
Davlat departamenti bir keça-kunduzda Amerika Qöşma Ştatlarining Quddusdagi elçixonasi hamda Quddus va Tel-Avivdagi konsullik bölimlari mavjud vaziyat hamda mumkin bölgan xavfsizlik xavflari sababli 16 iyun kuni yopilişini bildirgan maslahatnoma çiqardi. Isroildagi barça AQŞ hukumati xodimlari va ularning oila aʼzolaridan Isroil Mudofaa kuçlarining tavsiyalariga muvofiq keyingi ogohlantirişgaça uyda qolişlari söralgan.
Eron Soğliqni saqlaş vazirligi maʼlumotlariga köra, Isroil hujumlari boşlanganidan beri 220 dan ortiq odam halok bölgan, ularning 90 foizi tinç aholi vakillaridir. Eronning bir keçada uyuştirgan raketa hujumlari oqibatida Isroilda uç kişi halok böldi, 70 ga yaqin kişi jarohatlandi.
Zarbalar bir neçta yirik şaharlarga urildi: Tel-Avivda turar-joy binolari vayron böldi, harbiy bazaga zarar yetkazildi va raketalardan biri AQŞ elçixonasi yaqiniga tuşib, kiçik zarar yetkazdi. Hayfada elektr stantsiyasi va neftni qayta işlaş zavodi şikastlangan.
Tehron Isroil raketalarini bir-biriga qarşi işlaşga majburlab, Isroilning havo hujumidan mudofaa tizimini “buzgan”ini daʼvo qilmoqda. Eron manbalariga köra, “havo-havo” rusumli raketalar duşman mudofaasiga qisman kirib boriş uçun qöllangan bölişi mumkin. Isroil bu daʼvolarga hozirça izoh bermadi.
“Military Watch” maʼlumotlariga köra, Amerika havo bazalaridan yonilği quyadigan samolyotlarni keng kölamli olib çiqiş boşlangan. Tahlilçilar bu harakatlarni Isroil va Eron örtasidagi ziddiyatning kuçayişi bilan izohlamoqda.









