Sönggi kunlarning eng şov-şuvli va tahlikali xabarlaridan biri AQŞ va Eron örtasida uruş oçilişi haqidagi yangiliklardir. Xöş, bundan Özbekistonga qanday zarar bölişi mumkin?
Uruş xavfi
AQŞ harbiylari Eronning yuqori martabali mansabdori Qosim Sulaymoniyni öldirgan. Bu esa ikki mamlakat örtasidagi tarang munosabatlarni yanada murakkablaştirgan.
Rasmiy Tehron marhum generalning qotillaridan qasos olişini aytgan. Şu orqali Eron qurolli kuçlari AQŞning Iroqdagi harbiy bazalariga aviahujum qilgan. Bundan taşqari, Eron atom kelişuvidan çiqqanini ham rasman eʼlon qilgan.
Özbekistonga taʼsiri
Uşbu tarang holat tufayli dunyo böyiça neft narxi oşişni boşlagan. Bu esa köplab davlatlarning iqtisodiyotiga salbiy taʼsir qiladi, jumladan, Özbekistonga ham. Birinçi navbatda benzin narxi oşişi mumkin.
Bundan taşqari, Erondagi Çobahor bandargohi ham xavfli hududga aylanadi. Özbekiston esa katta temir yöl orqali şu bandargohga va keyinroq oçiq dengizga çiqib, savdoni rivojlantirişni rejalaştirayotgan edi.
Uruş oqibatlari
Keça Eron AQŞ harbiy bazasiga hujum qilgan. Bugun tongda esa Erondan uçib ötayotgan Ukraina samolyoti halokatga uçragan. Samolyot yölovçilarining aksariyatini eronlik fuqarolar taşkil qilgan.
Tramp taqdiri
AQŞ prezidenti Donald Tramning karerasi mana şu uruş sababli xavf ostida qolişi mumkin. Tramp mansabini suiisteʼmol qilgani va Kongress işiga tösqinlik qilgani uçun AQŞ senati quyi parlamenti 2019 yil dekabrda unga impiçment eʼlon qilgandi.
Şu oyda Senat bu impiçmentni körib çiqadi. Agar maʼqullasa, Tramp prezidentlik lavozimidan muddatidan oldin çetlatiladi.









