Endi tumanlarda boşqaruv tizimi özgaradi

Endi tumanlarda boşqaruv tizimi özgaradi

Endilikda tumanda iş ham, yondaşuv ham, boşqaruv tizimi ham özgarişi belgilandi. Bu haqda bugun, 16 iyun kuni amalga oşirilayotgan islohotlar natijadorligi, hududlarda işlarning borişi, aholini öylantirayotgan masalalarga yeçim topiş yuzasidan Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida ötkazilayotgan videoselektor yiğilişida maʼlum qilindi. 

Bu tizim yil yakunigaça Surxondaryoda töliq, qolgan hududlarda jadal rivojlantiriş belgilangan 15 ta tuman va şahar - Qönğirot, Çimboy, Asaka, Ğijduvon, Ğallaorol, Yakkaboğ, Xatirçi, Çortoq, Bulunğur, Sirdaryo, Quva, Şovot, Hazorasp tumanlari, Marğilon va Yangiyöl şaharlarida, Toşkent şahrida esa Bektemir tumanida joriy qilinadi.

Prezident Administratsiyasi va Hukumat vakillari hamda viloyat hokimlari bunga masʼul böladi.

Prezident yangi tizimni Sirdaryo tumani misolida tuşuntirib berdi. Jumladan, kompleks rivojlantirişga masʼul 9 ta vazirlikning tuman bölimi hokimlik tizimiga ötadi. Bular – iqtisodiyot va moliya, investitsiya, qişloq xöjaligi, bandlik, quriliş, ekologiya, madaniyat, oila va xotin-qizlar, yoşlar bölimlari.

Tuman hokimi hokimlik va uşbu 9 ta idoradagi ştatlarni özi taqsimlab, qaysi bölimda neçta odam işlaşini, işga oliş-böşatişni özi hal qiladi.

Sirdaryo tumani ixtiyorida qoladigan mablağlar manbasi köpaytiriladi. Masalan, maʼmuriy va moliyaviy jarimalar, soliq tekşiruvlari böyiça penya, toifasi özgargan qişloq yerlari uçun nobudgarçilik kompensatsiyasi, örmon yerlari hududlarini ijara tuşumlari, körsatilgan davlat xizmatlaridan tuşgan mablağlarning bir qismi tumanda qoladi. Bundan tumanga yiliga qöşimça 12 milliard söm tuşadi.

Endilikda hokimda 4 nafar örinbosar böladi. Rivojlaniş rejasiga qarab, qaysi masalada örinbosari bölişini hokimning özi belgilaydi. Misol uçun, Sirdaryo tumani hokimi kelgusi uç yilda turizm, servis va logistikani tumanni asosiy drayveri sifatida körayapti. Şu bois, uning iqtisodiyot böyiça 1-örinbosari bir vaqtni özida turizm, servis va logistikaga masʼul böladi. Unga 10 ta aniq vazifa yuklatilib, har bir vazifa va funktsiyasi mablaği bilan mustahkamlanadi.

Xuddi şunday, hokim va qolgan 3 nafar örinbosariga ham aniq vazifalar moliyaviy taʼminoti bilan belgilab beriladi. Hokim, uning örinbosarlari KPIni töliq bajarsa, keyingi yil hududga beriladigan mablağ 10-15 foiz köpaytiriladi. Aksinça bölsa, mablağ oşirilmaydi va masʼul rahbar işdan ketadi.

“Bir narsani töğri tuşunib oliş zarur. Tuman böğini samarali işlamasa, yuqoridan qanday topşiriq tuşirilmasin, közlangan maqsadlarga erişib bölmaydi”, dedi Prezident.

Masalan, tumandagi xodimning oyligi vazirlikka qaraganda 3-4 karra kam bölgani uçun kadrlar qönimsizligi yuqori ekani qayd etildi. 

Tuman hokimiga yuzdan ortiq qonun va qarorlar bilan 500 ga yaqin funktsiya yuklatilgani bilan, ularning yarmidan köpini bilmaydi. Çunki özi ham, örinbosarlari ham 40 foiz vaqtini yiğiliş ötkazişga sarflayapti.

Tuman taşkilotlari ştatini taqsimlaş, yaxşi rahbarni rağbatlantiriş, yomonini almaştiriş böyiça hokimda vakolat yöq. Quyi böğindagi ştatlar hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş maqsadiga mos emas. Tumandagi kompleks rivojlanişga masʼul birorta idora 3-5 yillik maqsad va rejalar dasturini qilib, hokim oldiga masala qöya olmayapti, kunlik topşiriqlar bilan ovora. Şu bois, ayrim tumanlarda tayyor berilgan resursga ham loyiha topilmayapti.


×