Şavkat Mirziyoyev 11 mart kuni sanoat kooperatsiyasi böyiça ötkazayotgan yiğilişda sanoat tarmoqlari, yirik korxonalar bilan mahalliy işlab çiqaruvçilar örtasida mahsulotbay kooperatsiyani yölga qöyiş zarurligi taʼkidlandi.
Bu borada Navoiy kombinati birinçi qadamlarni qöyayotgani taʼkidlandi. Kombinat import mahsulotlar va ularga texnik talablar haqidagi maʼlumotlarni «kooperatsiya portali»ga joylaştirgani hisobiga, oldin import qilingan 600 millliard sömlik mahsulotlar 18 ta mahalliy korxona tomonidan işlab çiqarilmoqda.
Eng muhimi, uşbu 18 ta korxona sönggi 3 yilda kiçik korxonadan örta işlab çiqaruvçilar toifasiga ötib, iş örinlarini 10 baravarga oşirgan. Uşbu tajribani barça tarmoq va hududlar yölga qöyişi kerakligi körsatib ötildi.
Bu borada 2022 yil uçun 4,4 trillion sömlik kooperatsiya şartnomalari tuziş rejalari mutlaqo qoniqarsiz ekani taʼkidlandi. Bunii 15 trillion sömga yetkaziş böyiça barça imkoniyatlar mavjud. Şuning uçun 1 iyulga qadar jami 283 turdagi import qilinayotgan mahsulotlarni mahalliylaştiriş böyiça tayyor biznes-rejalarni tadbirkorlarga taklif etiş vazifasi qöyildi.









