Isroil elektron uruş vositalaridan foydalangan holda Eronga katta kiberhujum uyuştirgan bölişi mumkin — reyd davomida havo hujumidan mudofaa vositalaridan heç bir samolyot zarar körmagan.
13 iyun, juma kuni bölib ötgan matbuot anjumanida TSAHAL vakili, brigada generali Effi Defrin Eronning yadroviy va boşqa obʼektlariga zarba berişda Isroilning 200 dan ortiq harbiy samolyoti iştirok etganini maʼlum qildi. Uning sözlariga köra, uşbu operatsiya davomida 100 ta nişonga qarşi 330 dan ortiq öq-dorilar qöllangan. Şu bilan birga, Germaniyaning BILD gazetasi harbiy kuzatuvçilari aniqlik kiritişiça, Isroil bironta ham samolyotini yöqotmagan. F-35, F-16 va F-15 bombardimonçi samolyotlari asosan Tehrondagi nişonlarga boşqariladigan bombalarni taşlaş uçun 50 kmgaça bölgan masofada yaqinlaşdi.
Eron havo mudofaa tizimidan javob faqat bitta bazadan keldi. BILD fikriça, bunday dinamika hatto Isroil samolyotlari havoga kötarilganida ham boşlangan elektron uruş yordamidagi yirik kiberhujumdan dalolat beradi. Aftidan, Isroil Eron radarlarini bir neça soat davomida öçirib qöyişga muvaffaq böldi, deya aniqlik kiritdi naşr.
Kuzatuvçilar Hans-Yorg Felevald va Yulian Ryopkening sözlariga köra, Isroil Eronning turli havo hujumidan mudofaa bölinmalari, şuningdek, mobil telefonlar, ratsiyalar va peyjerlar kabi şaxsiy aloqa tizimlari örtasidagi aloqalarni buzişga muvaffaq bölgan körinadi. Reyd tugagandan keyingina aloqa tiklandi.









