«Milliy» telekanalining «M-kokteyl» loyihasining maxsus soni 25 avgust kuni koronavirus oqibatida vafot etgan Özbekiston xalq artisti Dilbar Ikromovaga bağişlandi. Körsatuvda aktrisaning hamkasblari, taniqli aktyorlar uni yodga oldi.
«Dilbarni eşitib, tamom böldim. Nega dunyo bunaqa? Mayli, bandalik — ölim haq, degani. Lekin inson yoşini yaşab, qilgan mehnatlarining rohatini körsa bölmasmidi? Nimaga telba-teskari, berohat bölib ketdi bu ayol?, degan narsa har bir insonning dilini xufton qilyapti hozir», — deydi Özbekiston xalq artisti Erkin Komilov.
«Dilbardaka aktrisa boşqa teatrga kelmaydi. Hali juda uzoq, 70, 80 yil bordir, lekin Dilbardaka yurakli aktrisa yöq. Bu gaplarni men bir aktyor sifatida aytaman. Dilbar indamay turganda ham sahnada yaşardi. U juda katta yurakli aktrisa edi. ‘Özbekça raqs’ spektaklidagi uning rolini endi heç kim öynay olmasa kerak. Dilbar bu obrazni özi bilan olib ketdi. ‘Qirmizi olma’, ‘Çimildiq’dagi obrazini ham olib ketdi», — deya sözlarini davom ettiradi Erkin Komilov.
Hayotda kamtarin, hokisor bölgan aktrisa hayotining sönggi yillarini ğam-qayğuda, katta qiyinçiliklar bilan ötkazdi.
«Dilbar bilan dardkaş edik. Biz u bilan institut yillaridan taniş edik. Oxirgi marta yarim oyça avval gaplaşgandik. Öşanda ham dardini aytgandi. Keyin biroz mazam bölmadi, issiğim çiqdi, Xudoga şukur, hozir tuzalib qoldim’ degandi», — deydi taniqli aktrisa Muhabbat Abdullayeva.
Körsatuvda qayd etilişiça, millionlab muxlislar qalbidan joy egallagan «Özbekning Sottisi» keksaygan çoğida oilaviy kelişmovçiliklar tufayli ijarada yaşagan.
«Uning qayerda yaşaşini heç kim bilmasdi. Masalan, janozaga boriş uçun hammamiz bir-birimizdan söradik. Çunki köçib-köçib, u yoqda bu yoqda, singlisinikida, ijarada yaşadi. Bir-ikki marta sʼyomkaga singlisinikidan olib ketdik. Öşanda biz bir-ikki marta dardlaşdik, Xudo rahmat qilgur, armonda ketdi-da. Şu bolasini baxtli qilaman, deb butun umr bolasi uçun yaşadi», — deydi Muhabbat Abdullayeva.
«Bilamiz, nima uçun şunaqa bölganini ham. Öşa ayol kimligini ham bilamiz. Xudoga soldik, Alloh bor. Öşa insonlarning agar vijdoni bölsa, mayli özlari körsin. Dilbar birovga yomonlik qiladigan ayol emasdi. Biz u bilan 35-40 yil birga işlaganmiz. Heç qaçon birovga yomonlik qilgan emas. Nima sababdan bunday röşnolik körmadi dargohidan?»,— deydi Erkin Komilov.









