Rossiya Federatsiyasining buğdoy va şakar eksportiga kiritgan çeklovlari Özbekistonda mazkur mahsulotlar hajmiga taʼsir körsatmaydi. Bu haqda Qişloq xöjaligi vazirligi bayonotida aytib ötilgan.
Qayd etilişiça, joriy yilda aholini buğdoy va un mahsulotlari bilan barqaror taʼminlaş maqsadida Özbekistonda 1 mln 27 ming gektar yer maydonida buğdoy ekilgan, natijada joriy yilning iyun-iyul oylarida 7 mln 679 ming tonna hosil yetiştiriş rejalaştirilgan. Bu körsatkiç ötgan yilga nisbatan 1 million tonnaga köp.
Şuningdek, 2021 yil buğdoy hosilida 6 mln 656 ming tonna buğdoy yetiştirilgan bölib, şundan 2 mln 533 ming tonnasi respublika don zaxiralari uçun “Özdonmaxsulot” AJ hududiy korxonalarida jamğarilgan, 4 mln 123 ming tonnasi fermer va aholi ixtiyorida qolgan.
Ötgan yil yakuniga qadar 2 mln 771 ming tonna buğdoy doni va 357,7 ming tonna un xususiy sektor tomonidan asosan Qozoğiston Respublikasidan import qilingan hamda 26,8 ming tonna buğdoy doni (Tojikiston Respublikasiga 94% va Qirğiziston Respublikasiga 6%) va 949,1 ming tonna un (1 mln 265 ming tonna buğdoy hisobida) Afğoniston Islom Respublikasiga eksport uçun yönaltirilgan.
2022 yilda aholini şakar mahsulotlari bilan kafolatli taʼminlaş maqsadida Özbekistonda 600 ming tonna mahsulot işlab çiqariş rejalaştirilgan.
Şuningdek, 2021 yilda 595,5 ming tonna şakar (2020 yilga nisbatan 315,1%) “Angren şakar” MÇJ va “Xorazm şakar” MÇJ korxonalari tomonidan işlab çiqarilgan. Mazkur korxonalar tomonidan 2021 yil va 2022 yil yanvar-fevral oylarida tovar xomaşyo birjasiga aholi ehtiyojini qoplaş maqsadida har oyda 30 ming tonnadan kam bölmagan miqdorda şakar savdoga qöyilgan.
Ötgan yil yakuniga qadar 23 ming tonna şakar (ötgan davrga nisbatan 344 ming tonnaga kamaygan) va 620 ming tonna şakar xomaşyosi (ötgan davrga nisbatan 423 ming tonnaga oşgan) Braziliyadan import qilingan va 25 tonna şakar Afğoniston Islom Respublikasiga eksportga yönaltirilgan.
2022 yil mart-may oylarida taʼminotçilardan yana qariyb 180 ming tonna xomaşyo yetib keladi. Bundan taşqari joriy yil iyun-oktyabr oylarida 200 ming tonna şakar xomaşyosi olib keliş rejalaştirilgan.
“Yuqoridagilardan kelib çiqqan holda, respublikada aholi va korxonalarning talabini uzluksiz, yetarli miqdorda va barqaror narxlarda buğdoy, un, şakar mahsulotlari bilan taʼminlaş hamda içki bozorlarda narxlarning keskin özgarişining oldini oliş töliq taʼminlangan”, deyiladi vazirlik bayonotida.









