Mirziyoyev Hindiston xalqiga taʼziya bildirdi

Mirziyoyev Hindiston xalqiga taʼziya bildirdi

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Ahmadobod şahri hududida yuz bergan aviahalokat oqibatida köplab insonlar halok bölgani va jiddiy jarohat olgani munosabati bilan Hindiston Respublikasi Prezidenti Draupadi Murmu va Boş vaziri Narendra Modiga taʼziya maktubi yölladi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Şerzod Asadov maʼlum qildi.

“Davlatimiz rahbari qurbon bölganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga, butun Hindiston xalqiga çuqur hamdardlik izhor etdi, jarohat olganlar tez fursatda soğayib ketişini tiladi”, deb yozadi Asadov. 

Bugun, 12 iyun kuni Hindistonning Gujarat ştatidagi Ahmadobod şahrida Air India aviakompaniyasiga tegişli Boeing 787-8 Dreamliner samolyoti halokatga uçradi. AI171 raqamli reys mahalliy vaqt bilan soat 13:38 da Ahmadoboddagi Sardar Vallabhbhai Patel xalqaro aeroportidan Londonga yölga çiqqan. Ammo parvoz boşlanganidan atigi bir neça daqiqa ötib, samolyot favqulodda holat signalini bergan va qisqa muddatdan söng aloqalar uzilgan. Samolyot aeroportdan unça uzoq bölmagan hududga qulab tuşgan. Uşbu hodisa oqibatida 110 kişi halok bölgani aytilmoqda.


×