Mirziyoyev Qozoğiston xalqi va Prezidentiga taʼziya yölladi

Mirziyoyev Qozoğiston xalqi va Prezidentiga taʼziya yölladi

Bugun, 10 yanvar kuni Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Qozoğiston xalqi va Prezidenti Qosim-Jomart Töqayevga taʼziya yölladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati maʼlum qildi.

Qayd etilişiça, Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning maktubida qardoş Qozoğiston hududidagi fojiali voqealar va ularning natijasida köplab harbiylar va aholi vakillari nobud bölgani hamda oğir jarohatlar olgani, körilgan katta talofatlar munosabati bilan Prezident Qosim-Jomart Töqayevga va döst Qozoğiston xalqiga çuqur taʼziya izhor etilgan. 

“Davlatimiz rahbari Vatan osoyiştaligi va mamlakat xalqining himoyasi yölida qurbon bölgan fidoyi farzandlarning oila aʼzolari va yaqinlariga samimiy hamdardlik bildirib, jarohat olganlarning tez fursatlarda şifo topişlarini tilagan”, deyiladi xabarda.

Qozoğistonda namoyişlar

Qozoğistonda norozilik aktsiyalari yangi yilning ilk kunlaridan boşlandi. Janaozen şahrida avtomobil egalari suyultirilgan gaz narxi 120 tengega (qariyb 3 ming söm) kötarilganidan norozi bölib, ommaviy mitingga çiqdi. Tobora olovlangan namoyişlar ortidan Hukumat komissiyasi Aqtau şahridagi “Intimak” maydonida namoyişçilar bilan uçraşgan. Uçraşuv davomida suyultirilgan gaz narxini pasaytiriş va Manğistau viloyatida gaz narxini litri uçun 50 tenge etib belgilaş töğrisida qaror qabul qilingan.    

Muzokara davomida tomonlar barça yuzaga kelayotgan muammolarni konstruktiv muloqotning asosiy oqimida va amaldagi qonunçilik doirasida hal qilişga kelişib olgan.    

5 yanvar kuni, Qozoğistonning amaldagi Hukumati isteʼfo berdi. Prezident Qosim-Jomart Töqayev Hukumat isteʼfosini qabul qildi. Şuningdek, Qozoğistonning Birinçi Prezidenti - Elboşi Nursulton Nazarboyev Qozoğiston Xavfsizlik kengaşi raisi lavozimidan ketdi. Uning örnini Prezident Töqayev egalladi.

Milliy xavfsizlik qömitasi raisi Karim Masimov lavozimidan ozod etildi. Uning örnini Yermek Sagimbayev egalladi.

Qozoğistonda butun mamlakat böylab 19 yanvargaça favqulodda holat joriy etildi. Şuningdek, şu kunlarda soat 23:00 dan 07:00 gaça komendantlik soati amalda böladi.

Prezident Respublika Saken Isabekovni davlat qöriqlaş xizmati rahbari etib tayinlaş töğrisidagi farmonni imzoladi.

Töqayev mamlakatdagi norozilik vaziyatiga Hukumat, xususan, Energetika vazirligi, şuningdek, “Kazmunaygaz” va “Kazakgaz” kompaniyalarini aybladi.

Kollektiv xavfsizlik şartnomasi taşkiloti (ODKB) mamlakatga çeklangan muddatga tinçlikparvar kuçlarni kiritiş töğrisida qaror qabul qildi. 

×