Xayrullo Bozorov Namanganning tadbirkorlariga, yoşlari va nuroniylariga, jurnalistlariga, şifokor va öqituvçilariga, quruvçilariga, viloyatning butun xalqiga minnatdorlik bildirdi

Xayrullo Bozorov Namanganning tadbirkorlariga, yoşlari va nuroniylariga, jurnalistlariga, şifokor va öqituvçilariga, quruvçilariga, viloyatning butun xalqiga minnatdorlik bildirdi

Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning oxirgi 4 yilda olib borgan keng kölamli islohotlari natijasida va viloyatga taşriflarida bergan topşiriq, körsatgan yöl-yöriqlari tufayli Namanganda barça jabhalarda salmoqli yutuqlarga erişildi. Buning barçasi viloyat faollari bilan birgalikda yelkama-yelka, bir yoqadan boş çiqarib işlaşimiz natijasi deb hisoblayman.

Yurtboşimizning iqtisodiyotimiz barqarorligi yölida tinimsiz qilgan ğamxörliklari butun xalqimizga şijoat bağişlab turgani ayni haqiqatdir.

Viloyat iqtisodiyotini rivojlantirişga, yangi iş örinlari yaratişga, qişloq va mahallalarni obodonlaştirişga hissa qöşgan fidoyi tadbirkorlarga, bunyodkorlarga, xalq taʼlimi, soğliqni saqlaş xodimlariga, hamişa va har işda boy hayotiy tajribalari, pandu nasihatlari va duolari bilan qöllab turgan fariştali nuroniylarimizga, qizğin jarayonlarni tezkorlik va xolislik bilan yoritib borayotgan ommaviy axborot vositalari xodimlariga, ğayrat va şijoati, bilim va salohiyati bilan fan olimpiadalarida, sport musobaqalarida, xalqaro tanlovlarda ğoliblikni qölga kiritib, Namanganimiz şarafini yuksaklarga kötargan isteʼdodli yoşlarga va ularning ustozlariga rahmatlar aytaman.

Muhtaram Prezidentimiz eʼtirof etganlaridek, pok niyatli, şirin tilli, gözallik va nafosatni yaxşi köradigan Namangan ahliga öz minnatdorçiligimni, yuksak ehtiromimni bildiraman va taʼzim qilaman.

Betakror Vatanimiz ravnaqi yölida sadoqat bilan xizmat qilişdan heç qaçon tolmaylik, çarçamaylik!

Barçangizni yaxşi köraman!

Xayrullo Bozorov

×