Şavkat Mirziyoyev Livan xalqiga çuqur taʼziya bildirdi

Şavkat Mirziyoyev Livan xalqiga çuqur taʼziya bildirdi

Şavkat Mirziyoyev Bayrut bandargohida yuz bergan kuçli portlaş munosabati bilan Livan prezidentiga hamdardlik bildirdi.

Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Bayrut bandargohida yuz bergan kuçli portlaş oqibatida köplab insonlar qurbon bölgani va jarohatlangani munosabati bilan Livan prezidenti Mişel Aunga hamdardlik bildirdi.

“Davlatimiz rahbari Livan xalqiga, marhumlarning oila aʼzolari va yaqinlariga çuqur taʼziya bildirdi”, - deyilgan prezident matbuot xizmati xabarida.

Livan poytaxti Bayrut şahridagi dahşatli portlaş keça yuz berdi. Taxminlarga köra, badargohdagi 2014 yilda kemadan musodara qilingan 2750 tonna ammiak selitrasi portlab ketgan. Portlaşdan şaharning teng yarmi jabr körgan. Kasalxonalar jarohatlanganlar bilan tölib toşgan.

Livan hukumati fojia qurbonlari xotirasiga uç kunlik motam eʼlon qildi. Sönggi maʼlumotlarga köra, 100 ortiq kişi qurbon bölgan, tört mingga yaqin kişi jabrlangan. Köplar bedarak yöqolgan.

×