Toşkentda “Ozarbayjon”, Bakuda esa “Özbekiston” boği quriladi

Toşkentda “Ozarbayjon”, Bakuda esa “Özbekiston” boği quriladi

Ozarbayjon poytaxti Baku şahrida “Özbekiston” boği, Toşkentda esa “Ozarbayjon” boği barpo etiladi. Bu haqda IV Toşkent xalqaro investitsiya forumi doirasida taşkil etilgan “Ozarbayjon – Özbekiston: iqtisodiy hamkorlik vektori” mavzusidagi panel sessiyasida Ozarbayjon Eksport va investitsiyalarni rağbatlantiriş agentligi (AZPROMO) ijroçi direktori Yusuf Abdullayev maʼlum qildi.

Uning taʼkidlaşiça, uşbu boğlar ikki xalq örtasidagi döstlik va özaro hurmat ramziga aylanişi kutilmoqda.

“Iyun oyi boşida Toşkent şahri hokimi va mening yaqin döstim Şavkat Umurzoqov işçi taşrif bilan Baku şahriga keldi. Taşrif doirasida Oq şahar hududida joylaşgan, bölajak “Özbekiston” boği quriladigan maydon közdan keçirildi”, dedi u.

Şuningdek, Abdullayev Ozarbayjon delegatsiyasining Toşkentga javob taşrifi joriy oy oxiriga belgilanganini maʼlum qildi. Unga köra, taşrif doirasida “Ozarbayjon” boği barpo etiladigan hudud ham közdan keçiriladi. Biroq QALAMPIR.UZ hokimlik bilan boğlanganda boğ uçun hozirça yer ajratilmagani, qaror yöqligi aytildi.

“Bu ikki poytaxt örtasida madaniy köprikka aylanişi mumkin”, degan Abdullayev.


×