Ozarbayjon-Armaniston çegarasida qurolli töqnaşuv yuz berdi. Qurbonlar bor

Ozarbayjon-Armaniston çegarasida qurolli töqnaşuv yuz berdi. Qurbonlar bor

Keça, 12 iyul kuni Ozarbayjon va Armaniston çegarasida qurolli töqnaşuv yuz berdi. Hozirgaça 3 nafar ozariy harbiy halok böldi. Bu haqda Ozarbayjon Mudofaa vazirligi xabar berdi.

Ikki davlat harbiylari Tovuz tumanida töqnaşgan. Rasmiy Baku Yerevan öt oçişni töxtatiş rejimini buzganini va Ozarbayjon harbiylariga öq uzganini maʼlum qildi. Ikki tomonda ham qurbonlar bölgani aytildi.

Öz navbatida, Armaniston Mudofaa vazirligi Ozarbayjon harbiylari yuk maşinasida davlat çegarasini kesib ötib, Tavuş qişloği tomonga ötişga uringani haqida bong urdi.

“Ogohlantirişdan keyin Ozarbayjon harbiylari avtomobilni taşlab, yaşiringan, ammo bir soat ötib, artilleriyadan öqqa tutiş boşlandi va bizning mudofaa punktimizni qölga olişga urinişgan. Armaniston Qurolli kuçlari hujumga javob qaytarib, uni bartaraf etdilar”, deyiladi Armaniston tomoni bayonotida.

Şuningdek, rasmiy Yerevan hujumda ulardan heç kim jarohatlanmaganini maʼlum qildi.

Qayd etiş kerakki, Armaniston va Ozarbayjonning hududiy muammosi sönggi 30 yildan beri davom etyapti. Buning sababi Armanistonning Ozarbayjonga tegişli bölgan Toğli Qoraboğni egallab olişidir. Xalqaro hamjamiyatning eʼtirozlariga qaramay Armaniston Toğli Qoraboğni Ozarbayjonga qaytarmay keladi.

×