Özbekistonda haftaning ikkinçi yarmi juda issiq böladi

Özbekistonda haftaning ikkinçi yarmi juda issiq böladi

Özbekistonning janubi-şarqiy qismi 24 may kuni baland tsiklon taʼsiri ostida böladi. Toşkent, Andijon, Namangan, Farğona viloyatlarida va toğoldi va toğli hududlarda baʼzi joylarda qisqa muddatli yomğir yoğişi, momaqaldiroq bölişi mumkin, deb xabar bermoqda «Özgidromet».

Qayd etilişiça, momaqaldiroq paytida şamol 17-22 metr/sekundgaça kuçayişi mumkin. Kunduzgi havo harorati 29-34 daraja atrofida böladi.

25 mayda baland tsiklon taʼsiri faqat respublikaning eng şarqiy hududlarida saqlanib turadi. Farğona vodiysi viloyatlarida, toğoldi va toğli hududlarda baʼzi joylarda qisqa muddatli yomğir yoğişi, şamol 17-22 metr/sekundgaça kuçayişi, momaqaldiroq bölişi mumkin.

26 maydan Özbekiston hududiga Eron hududlaridan juda iliq havo massalari kirib kelişi boşlanadi. Kunduzgi havo harorati 34-37 darajagaça, janubda va çöl hududlarda 38-40 darajagaça kötariladi, bu örtaça köpyillik qiymatlardan 5-8 darajaga köp.

Xabarda alohida qayd etilişiça, 24—27 may kunlari kutilayotgan mahalliy yomğirlar hisobiga respublikaning toğoldi va toğli hududlarida sel keliş xavfi bor.

×