ÖFA matbuot xizmati Özbekiston milliy terma jamoasining navbatdagi uztozi sloveniyalik Sreçko Katanets bölişini rasman eʼlon qildi.
Tabiiyki, xorijlik mutaxassislarning talablari nisbatan yuqori böladi. ÖFA kelasi hafta Katanets bilan muzokaralarning yakuniy bosqiçini boşlaydi. Sloveniyalik mutaxassisning hafta örtalarida Toşkentga kelişi kutilyapti. Uning Özbekistonda qança pul işlab topişi haqida hozirça maʼlumot yöq. Ammo, mutaxassisning sönggi iş joyi — Iroqdagi iş haqi haqida maʼlumot bor. Katanetsning u yerdagi yillik maoşi 1,2 mln yevroga teng edi (oyiga 1 mlrd 250 mln söm atrofida). Özbekistonda işlaş uçun ham taxminan şunça summa talab qilinişi borasida mutaxassislar fikr yuritmoqda.
Maʼlumot uçun, Özbekiston terma jamoasining sobiq boş murabbiyi Vadim Abramov oyiga 250 million söm iş haqi olgani haqida maʼlumot mavjud. Agar, Katanets eng kamida Iroqda olgan maoşi miqdorida summa talab qilsa, Özbekiston u uçun Abramovnikiga qaraganda 5 baravar köproq maoş tölagan böladi.









