Jahon banki Özbekistonga kiçik gidroenergetika sohasini rivojlantiriş va butun mamlakat böylab elektr taʼminoti işonçliligini oşirişga qaratilgan yangi loyihani amalga oşiriş uçun 150 million dollar miqdorida imtiyozli kredit ajratişni maʼqulladi. Bu haqda Jahon bankining Özbekistondagi vakolatxonasi xabar berdi.
Qayd etilişiça, loyiha xususiy sektor, jumladan, mahalliy kiçik gidroelektr stantsiyalari (KGES) işlab çiquvçilari va banklar iştirokida amalga oşiriladi. Özbekiston hukumati 3 mingga yaqin KGES qurilişiga sarmoya kiritişni va 2026 yilgaça ularning örnatilgan quvvatini 160 MVtga yetkazişni rejalaştirmoqda. Bu 280 ming kişini qöşimça elektr energiyasi bilan taʼminlaş imkonini beradi.
“Jahon banki tomonidan moliyalaştirilayotgan va Özbekiston Energetika vazirligi tomonidan 2025-2030 yillarda amalga oşiriladigan yangi loyiha uşbu maqsadga erişişga yordam beradi”, deyiladi xabarda.
Bildirilişiça, loyiha 2030 yilga borib umumiy örnatilgan quvvati 150 MVt gaça bölgan KGES qurilişini moliyalaştiriş imkonini beradi. Ularda yiliga 520 gigavatt-soatdan ziyod ekologik toza elektr energiyasi işlab çiqarilişi kutilmoqda. Bundan taşqari, loyiha karbonat angidrid çiqindilarini yiliga 430 ming tonnagaça qisqartirişga yordam beradi.
Hozirgi kunda loyiha doirasida mamlakatning turli hududlaridagi mavjud suğoriş kanallarida KGES quriş uçun 270 ga yaqin qulay maydonlar oldindan aniqlangan. Ularning aksariyati (93%) 100 dan 1000 kVt gaça quvvat imkoniyatiga ega.
Loyiha doirasida moliyalaştiriladigan KGESlarda işlab çiqariladigan elektr energiyasi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan sotib olinadi. U qayta tiklanadigan energiyaning işonçli manbaiga aylanadi, energiya balansini diversifikatsiya qiliş imkonini beradi, energiya bilan kam taʼminlangan hududlar va qişloq joylarda uy xöjaliklari va xususiy sektorning elektr taʼminotini yaxşilaydi.









