Keça, 4 iyun kuni Qozoğistonning Qarağandi viloyatida 5 nafar özbekistonlik yölovçisi bölgan avtobusda yonğin çiqdi. Bu haqda Qozoğiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilişiça, Abay tumanidan ötuvçi “Ostona – Qarağandi – Olmaota” avtomobil yölining 960-kilometrida “Ostona – Çimkent” yönalişida harakatlanayotgan yölovçi avtobusining motor qismida yonğin çiqqan. Yonğin favqulodda xizmatlar yetib kelişidan oldin avtobus haydovçilari tomonidan bartaraf etilgan.
FVV xodimlari avtobusda bölgan barça yölovçilarni xavfsiz tarzda evakuatsiya qilgan va yöl çetidagi oromgohga olib borib, u yerda ularga kerakli yordam körsatgan.
Bildirilişiça, avtobus salonida 34 yölovçi, jumladan 9 nafar bola bölgan. Yölovçilar orasida jami 5 nafar Özbekiston fuqarolari ham bölgan. Heç kim jarohat olmagan. Hodisa oqibatida jabrlanganlar yöq.









