Özbekistondan Rossiyaga ketayotgan yuk maşina Qozoğistonda yonib ketdi

Qozoğistonda Nur-Sulton - Pavlodar yölida Rossiyaga özbek trikotaj buyumlarini olib ketayotgan yuk maşinasi yonib ketdi. Bu haqda KazTAG maʼlum qildi.

Qayd etilişiça, bugun, 12 fevral kuni soat 01:38 da Özbekistondan Rossiyaga trikotaj maxsulotlari olib ketayotgan Renault Premium 2010 yuk maşinasi Nursulton-Pavlodar trassasasida yonib ketgan.

Yuk maşinasi Özbekistondan Rossiyaga ketayotgan bölgan. Ikki haydovçi Qalqaman qişloğidagi issiqlik punktiga evakuatsiya qilingan. Qurbonlar va jarohatlanganlar yöq.

Dastlabki maʼlumotlarga qaraganda yonğinga ötkazgiçlardagi qisqa tutaşuv sabab bölgan. Yonğin soat 5:00 da öçirilgan.

Eslatib ötamiz, bundan roppa-rosa 4 yil avval, yaʼni 2018 yilning 18 yanvar kuni özbekistonliklarni olib Rossiyaga ketayotgan avtobus Qozoğistonning Aqtöbe viloyati hududida yonib ketgan edi. Fojia oqibatida avtobus salonida bölgan 57 kişidan 52 nafari halok böldi.

Qurbonlarning 31 nafari Namangan, 16 nafari Farğona, 2 nafari Andijon, 1 nafari Surxondaryo viloyati, 2 nafari Toşkent şahrida yaşaşgan.

×