Yaponiyalik yarim örta vazn toifasidagi boksçi Jin Sasaki amerikalik Brayan Norman Junior bilan jangda oğir zarbadan söng xotirasini yöqotdi. U sönggi bir yarim oy içida nima bölganini eslay olmayapti. Bu haqda “Daily.co.jp” xabar berdi.
Manbaga köra, jang tugagaç, Sasaki darhol şifoxonaga olib borilgan. Uning sport zali rahbari Işio Nakaya boksçining oxirgi bir yarim oyda sodir bölgan heç bir voqeani, hatto uşbu jangga rozi bölganini ham eslay olmasligini aytgan.
“Jangdan keyin Sasakini şifoxonaga olib borişdi va kompyuter tomografiyasi qilindi. Qon ketişi yoki boşqa jarohatlar aniqlanmadi. Biroq boşiga kuçli zarba tufayli u xotirasini yöqotgan. Jismoniy jarohatlar yöq, lekin biz uning holatini kuzatişda davom etamiz. Ertaga u qayta tekşiruv uçun şifoxonaga qaytadi”, dedi Nakaya.
Maʼlumot uçun, 23 yoşli Sasakining hisobida 19 ğalaba (şundan 17 tasi nokaut bilan), 2 mağlubiyat va 1 durang bor. Norman esa 24 yoşda bölib, Jahon boks taşkiloti (WBO) yönalişi böyiça çempionlik unvonini saqlab qoldi. Uning professional faoliyatida 28 ğalaba (22 tasi nokaut bilan) mavjud.









