Yevropada Qurʼonni yoqib yuborişdi

Yevropada Qurʼonni yoqib yuborişdi

Joriy yilning 2 iyun kuni Frantsiyaning Viyyorban şahrida nomaʼlum şaxs masjiddan Qurʼoni Karimni öğirlab, uni yoqib yubordi. Bu haqda Rona departamentining masjidlar kengaşi saytida xabar berildi.

Maʼlum qilinişiça, hodisa şaharda joylaşgan “Errama” masjidida sodir bölgan. Mahalliy vaqt bilan taxminan tonggi soat 3:45 atrofida bomdod namozidan oldin nomaʼlum bir kişi yuzini yaşirgan holda masjid içkarisiga kirib, Qurʼon nusxasini olib, uni yoqib yuborgan va keyin uni masjid taşqarisiga qöyib, voqea joyidan qoçib ketgan.

“Bu harakat Frantsiyadagi musulmonlarga nisbatan tobora kuçayib borayotgan nafrat va tahdid muhitining yana bir dalilidir”, deyiladi xabarda.

Qayd etilişiça, joriy yilning 1 may kuni mamlakatning La-Gran-Komb şahrida joylaşgan masjidda ibodat qilayotgan odamlar piçoq bilan vahşiylarça öldirilgan. 2 iyun kuni esa Var departamentida ham yana bir yoş tunislik yigit öldirilgan.

“Rona viloyati masjidlar kengaşi uşbu muqaddas joyga qilingan tajovuzni keskin qoralab, bu hodisani musulmonlar şaʼniga va diniy erkinlik tamoyiliga oğir zarba deb baholadi”, deyiladi xabarda.

Kengaş huquq-tartibot organlarini uşbu jinoyatni sodir etgan şaxsni aniqlab, unga nisbatan qatʼiy çoralar körişga çaqirgan.

Qöşimça qilinişiça, masjid jamoasi va barça musulmonlarga çuqur hamdardlik bildirilgan. Şu bilan birga, jamiyatdagi barça institutlar, siyosatçilar va fuqarolarni nafrat, kamsitiş va zöravonlikka qarşi birgalikda kuraşişga daʼvat etilgan.


×