Toşkent viloyatida bolalar uyga öt qöyib yuborişdi

Toşkent viloyatida bolalar uyga öt qöyib yuborişdi

Yonğin oqibatida uyning 90 kv.metr maydonda tomi, şifti va uy jihozlari yonib zararlangan.

 Toşkent viloyatida bolalar şöxligi yonğinga sabab böldi.

Özbekiston DYOXX xabariga köra, 9 iyul kuni Toşkent viloyati Örta Çirçiq tumani “Yangi hayot” MFY Yangi hayot köçasi 16-uyda yonğin sodir bölayotgani haqida tuman YOXB dispetçerlik xizmatiga xabar kelib tuşgan.

Voqea joyiga yetib borgan 4 ta yonğin öçiriş bölinmalarining tezkor harakatlari natijasida uyning 300 kv.metr maydoni yonğindan saqlab qolingan.

Şuningdek, yonğinda fuqarolarni tan jarohati olişlariga va halok bölişlariga yöl qöyilmagan. Yonğin oqibatida uyning 90 kv.metr maydonda tomi, şifti va uy jihozlari yonib zararlangan.

“Hodisaning taxminiy kelib çiqiş sababi bolalar şöxligi”, - deyiladi xabarda.

Hozirda moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

×