Olimlar koronavirusning yangi turini aniqlaşdi va uni 20A.EU1 deb ataşdi. Hozir virusning bu turi Yevropa böylab tezlik bilan tarqalmoqda. Bu haqda Şveytsariya va Ispaniya olimlari tomonidan ötkazilgan tadqiqot natijalariga asoslanib, FT xabar berdi.
Olimlarning aniqlaşiça, Yevropadagi pandemiyaning ikkinçi tölqini koronavirusning Ispaniya qişloq xöjaligi xodimlarida mutatsiyaga uçragani bilan boğliq bölişi mumkin. 2020 yilning yozidan beri virusning yangi turi Ğarbiy Yevropaning katta qismiga tarqalgan va hozirgi kunda COVID-19 bilan kasallaniş holatlarining aksari aynan şu virusning hissasiga töğri kelmoqda.
Koronavirusning mutatsiyasi 20A.EU1 nomini olgan, uning tarqalişidagi asosiy rolni esa Ispaniyada taʼtil ötkazib qaytgan odamlar öynagan. Bazel universiteti genetigi va tadqiqot haqidagi maqola muallifi Emma Xodkroftning fikriça, 20A.EU1’ning tez tarqalişi karantin çeklovlari pandemiyani töxtatiş uçun yetarli bölmaganini körsatmoqda.
Olimning qayd etişiça, 20A.EU1 mutatsiyasi SARS- Cov-2 virusning şu paytgaça maʼlum bölgan heç bir turiga öxşamaydi. Bundan taşqari, maqolada aytilişiça, bunga qadar koronavirusning D614G ştammi paydo bölişiga olib kelgan mutatsiya aniqlangandi. Olimlarning bu ştamm virusni yanada zararli qilganiga işonmoqda.
Tsyurix oliy texnik maktabining olimi Tanya Stadlerning taʼkidlaşiça, yaqinda butun Yevropadan olingan virus namunalari koronavirusning uşbu variantiga asoslangan. Tadqiqotnig boşqa bilan hammuallifi Inyaki Komas yangi ştamm epidemiya tufayli tez tarqalib ketgan bo'lişi mumkinligini taxmin qilmoqda.









